Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
Axborot uchun ma’lumot 
Emlashni tashkil qilish bevosita markaziy shifoxona qoshidagi bolalar 
poliklinikasi emlash xonasi zimmasiga yuklatiladi. Vrachlik uchastkasida bu ish 
bilan 
uchastka 
shifoxonasi 
yoki 
ambulatoriyadagi 
emlash 
kabinetlari 
Shug’ullanadi. Ular tegishli uchastkalarda emlash ishlarini amalga oshirish bilan 
birga ularga biriktirilgan QVPlardagi emlash ishlarini borishini nazorat qilib 
boradilar. 
Emlash kabinetlarida maxsus tayyorgarlikdan o’tgan tibbiyot xodimlari 
ishlashadi. Ular faqatgina emlash ishlarini olib borishi yoki hududlarda tibbiy 
xizmat ko’rsatishni emlash ishlari bilan birga olib borishlari mumkin. 
Emlash kabinetining ishlari va butun tumanda emlashni o’tkazish uchun 
javobgar shaxs poliklinika bosh vrachi qishloq joylarda esa QVP bosh vrachidir. 
Agarda aholi yashaydigan joylar davolash-profilaktika muassasalaridan 


98 
uzoqda joylashgan bo’lsa emlashni o’tkazuvchi brigadalar tashkil qilish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Brigada tarkibida albatta vrach va feldsher (hamshira) bo’lishi va 
ular barcha zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak. 
Emlash qishloq kengashi tomonidan ajratilgan va boshqa Shu hududga 
xizmat ko’rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari bilan oldindan kelishilgan 
holda o’tkaziladi. Aholini o’tkaziladigan tadbirda, uni o’tkazish joyi va vaqti 
haqida oldindan ogohlantirilib qo’yiladi. 
Emlashni o’tkazishdan oldin bolalar albatta vrachlar nazorati, ya’ni tibbiy 
ko’rikdan o’tkaziladi. Tibbiy ko’rik natijalari va emlash to’g’risidagi ma’lumotlar 
maxsus hujjatga (112-shakl bolaning rivojlanishi tarixiga) ko’chiriladi. Bolalarni 
emlash ommaviy tibbiy ko’rik yoki ommaviy tibbiy tadbirlar bilan birga olib 
borish maqsadga muvofiqdir. Qishloq joylarda emlashni o’tkazish taktikasi 
mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda o’zgarib turadi. 
Emlanuvchi kishilar kamida 1 yilda 1 marta uyma-uy yurib aniqlab olinadi. 
Emlash o’tkaziladigan bolalar ro’yxati o’z uchastkasi aholisiga xizmat qiluvchi 
tibbiyot xodimlari boshchiligida va ishtirokida tuziladi. Bu ishga qishloq kengashi 
xodimlari ham jalb qilinadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va ko’chib kelgan bolalar 
soni yil mobaynida hisobga olib boriladi. 
Shaharda ham, qishloq joylarda ham emlanganlik to’g’risidagi hisob
063-shakl hujjatiga yozib qo’yiladi. Kartoteka usuli emlashni qat’iy shaxsiy 
hisobga olishga asoslangan bo’lib, emlanuvchilarni to’liq, rejali ravishda emlashni 
ta’minlaydi. Undan tashqari, bu usul immunizatsiya sifatini samarali nazorat qilish 
imkoniyatini beradi. 
Qishloq joylarda kartoteka usulini joriy qilish mahalliy shart-sharoitlardan 
kelib chiqib, FAP, qishloq vrachlik uchastkasi tibbiy xodimlarining malakasiga 
bog’liq bo’ladi. 
Emlashni hisobga olishning 063-shakl hujjatiga amal qilgan holda emlash 
kartotekasini yurgizish turlicha olib borilishi mumkin. Kartoteka usuli har bir FAP, 
QVP larida tashkil qilinib, tibbiyot xodimlari tomonidan olib boriladi. 


99 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling