Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emlash usullari
- Teri orasiga yuborish.
- Muskul orasiga yuborish.
Bakteriofaglar.
Bakteriofaglar - "bakteriyalarni yemiruvchilar", 96 bakteriyalarni yemiruvchi juda mayda mikroorganizmlardir. Ularning ta’sir mexanizmi spesifikdir, ya’ni boshqacha qilib aytganda bakteriofaglar tanlab ta’sir qilishadi. Bakteriofaglar suyuq holda va tugmachalar (tabletkalar) ko’rinishida chiqariladi. Bakteriofaglarni ichishdan oldin sodali suv ichirish lozim, chunki bakteriofag tirik mikroorganizm bo’lganligi sababli, oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota ta’sirida halok bo’lsa uning samarasi bo’lmaydi. Emlash usullari Emlash uchun ishlatiladigan preparatlarni organizmga quyidagi usullar bilan yuborish mumkin: teri ustiga, teri orasiga, teri ostiga, muskullar orasiga, burun ichiga (intranazal), og’iz orqali. Teri ostiga dori yuborish. Bu usul bilan emlash uchun jonsizlantirilgan vaksinalarning barcha turlarini va ba’zi bir xil tirik vaksinalarni yuborish mumkin. Teri ostiga vaksina yuborish uchun eng qulay joy qopqoqning pastki burchagidir, chunki bu yerda nerv tolalari va qon tomirlari eng siyrak joylashgan. Bundan tashqari teri osti yog’ kletchatkasiga (to’qimasi) boy joylarga- qorin yon devorlariga, bilakning va sonning tashqi sathiga ham yuborish mumkin. Teri orasiga yuborish. Bu usul juda kam miqdorda (0,1-0,2 ml) yuborish bilan emlanadigan hollarda qo’llaniladi. Masalan: silga qarshi BCJ vaksinasi, diagnostika-allergak reaksiyalar qo’yish uchun (tulyaremiya, brucellyoz, kuydirgi kasalliklarida). Bu usul uchun eng qulay joy - bilakning ichki sathidir. Teri orasiga (ichiga) preparat to’g’ri yuborilganda igna kiritilgan joyda 5-8 mm li oqish shish hosil bo’ladi. Agar shish hosil bo’lmasa, demak dori noto’g’ri yuborilgan bo’ladi. Muskul orasiga yuborish. Bu usul bilan organizmga AKDS vaksina, ADS- anatoksinlarni va zardoblarni yuborish mumkin. Emdori quymichning yuqorigi tashqi bo’lagidagi muskul orasiga yoki sonning tashqi tomonidagi muskul orasiga yuboriladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling