Epidemiologiyadan


MAVZU 9. RETROSPEKTIV EPIDEMIOLOGIK TAHLILNING


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

MAVZU 9. RETROSPEKTIV EPIDEMIOLOGIK TAHLILNING 
MAQSADI, VAZIFALARI VA ASOSIY YO’NALISHI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
Mashg’ulotning asosiy maqsadi yuqumli kasalliklarni epidemiologik tahlil 
qilishni, Shu tahlil natijalariga asoslanib kasallikni yanada kamaytirish chora-
tadbirlari rejasini tuzishni o’rganishdir. 
2. O’qish joyi va vaqti: 20 soat amaliy mashg’ulot epidemiologiya 
kafedrasida o’tkaziladi. 
3. Ushbu mavzu bo’yicha talaba quyidagilarni bilishi kerak: 
3.1. Retrospektiv epidemiologik tahlil tuShunchasining ta’rifi. 
3.2. Ko’p yillik epidemik tendensiyani, epidemik jarayonda davriylikning 
sabablari. 
3.3. Kasallikning ko’p yillik o’zgarish sur’atini tahlil qilish va natijalariga 
baho berish. 
3.4. Kasallikning yillik o’sish sur’atini tahlil qilish va uning ta’rifi. 
3.5. Kasallikning yillik o’sish sur’atida har xil ko’rinishlarda namoyon 
bo’ladigan epidemik jarayonni belgilovchi sabablarni o’rganish. 
3.6. Kasallikni korrelyatsion, regression va dispersion tahlil qilish uslublari. 
3.7. Epidemik jihatdan xavfli guruhlarni, hududlarni, vaqtni va omillarni 
aniqlashni o’rganish. 
3.8. Retrospektiv epidemiologik tahlil asosida epidemiyaga qarshi kurashish 
chora-tadbirlar rejasini tuzishni o’rganish. 
3.9. Operativ epidemiologik tahlil tushunchasi:
3.9.1. Yuqumli kasalliklar profilaktikasida operativ epidemiologik 
tahlilning ahamiyati. 
4. Talaba bilishi kerak bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 
4.1. Talabalar nazariy bilimlarini retrospektiv epidemiologik tahlilni 
o’tkazishda qo’llay bilishlari kerak. 
4.2. Yuqumli kasalliklarning ko’p yillik dinamikasini tahlil qila bilishlari 
kerak. Davriylikni chizma ravishda tasvirlash va baholashni bilishlari kerak. 
4.3. Kasallikning retrospektiv epidemiologik tahlilini o’tkaza bilishi kerak. 
4.4. Epidemiologik belgilar bo’yicha kasallanishni tahlil qila bilishi kerak. 
4.5. Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalariga asoslanib epidemiyaga 
qarshi chora-tadbirlar rejasini tuza bilishi kerak. 
4.6. Guruh-guruh bo’lib kasallanishning sabablarini aniqlay bilishi kerak. 
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1. Kirish, mashg’ulotning maqsadini tuShunib olish va mavzu ma’nosini 
anglash. 
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarda mavjud bo’lgan dastlabki bilimlarni 
aniqlash. 
5.3. Ushbu mavzu yuzasidan axborot uchun berilgan ma’lumotlarni va 
adabiyotlarda yoritilgan materiallarni o’rganish. 
5.4. Epidemiologik tahlil uslublari bilan tanishish. 
5.5. Retrospektiv epidemiologik tahlil. Kasallikning ko’p yillik, yillik 


100 
dinamikasini tahlil qilishni o’rganish, epidemiologik jihatdan havfli guruhlarni, 
vaqtni, hududlarni va omillarni aniqlashni o’rganish. 
5.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar rejasi bilan tanishish. 
5.7. Operativ epidemiologik tahlil. 
6. Talabalarning mustaqil ishi. 
6.1. Kasallikning ko’p yillik va yillik dinamikasini statistik usullar va 
kompyuterlar yordamida tahlil qilish. 
6.2. Kasallikni epidemiologik belgilari bo’yicha statistika usuli yordamida 
tahlil qilish. 
6.3. Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalariga asoslanib, epidemiyaga 
qarshi kurashish chora-tadbirlar rejasini tuzish. 
6.4. Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalarini kurs ishi sifatida 
rasmiylashtirish. 
6.5. Operativ epidemiologik tahlil qilish. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling