Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Anatoksinlar. Anatoksinlar - formalin yordamida patogen mikroorganizmlar
toksinlarini zararsizlantirib olinadi, qayta ishlov berish natijasida ballast (qo’shimcha) moddalardan tozalanadi, bunda toksigenlik xususiyatlari yo’qotiladi, lekin uning antigenlik va immunogenlik xususiyatlari saqlab qolinadi. Anatoksinlar toksikoinfeksiya kasalliklari - difteriya, qoqshol, botulizm kabi kasalliklarga qarshi profilaktik emlash uchun ishlatiladi. Organizmga yuborilgan anatoksinlar organizmda maxsus antitoksik antitelolarning aktiv ravishda hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Anatoksinlarning immunitet hosil qiluvchi ta’sirini oshirish va yuborilgan joyda antigenlar "deposini" hosil qilish uchun alyuminiy gidroksidiga shimdiriladi, buning natijasida anatoksinlarning asta-sekin so’rilishi 95 va organizmda mustahkam, uzoq muddatli antitoksik immunitet hosil bo’lishi kuzatiladi. Tozalangan anatoksinlar shisha idishchalarda rangsiz, tiniq va oq rangli cho’kmalari bor suyuqlik holida chiqariladi. Ishlatishdan oldin bu shisha idishchalar to antigenlar shimdirilgan alyuminiy gidroksidi tekis tarqalgunga qadar silkitiladi. Anatoksinlar quruq, qorong’u joyda yoki muzlatgichda 2°-10°S daraja haroratda saqlanishi kerak. Muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Tibbiyot amaliyotida anatoksinlarning quyidagi turlari ishlatiladi: shimdirilgan (adsorbsiyalangan) difteriyaga qarshi anatoksin (AD); adsorbsiyalangan stafilokokka qarshi anatoksin; qoqsholga qarshi anatoksin (AS); ko’p hollarda tarkibiga difteriyaga va qoqsholga qarshi anatoksinlar kiruvchi assotsiatsiyalangan anatoksinlar ishlatiladi. Masalan: adsorbsiyalangan ko’kyo’tal- difteriya-qoqsholga qarshi vaksina (AKDS) va adsorbsiyalangan difteriya- qoqsholga qarshi anatoksin (ADS). Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling