Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Immunitet 
Immunitet tabiiy yoki sun’iy bo’lishi mumkin. O’z navbatida tabiiy 
immunitet ham 2 xil. ya’ni: tabiiy aktiv, tabiiy passiv immunitetga bo’linadi. 
Sun’iy immunitet ham sun’iy aktiv va sun’iy passiv immunitetga bo’linadi 
Tabiiy aktiv immunitetga misol qilib organizmning biror xildagi yuqumli 
kasallikni boshidan kechirgach paydo bo’ladigan immunitetni keltirishimiz 
mumkin. 
Tabiiy passiv immunitetga esa onadan bolaga yo’ldosh orqali qon bilan 
o’tuvchi immunitet misol bo’la oladi. 
Sun’iy aktiv immunitet organizmga vaksinalar va anatoksinlar yuborish 
natijasida hosil bo’ladi. 
Aktiv immunitetning o’zi nima? 
Aktiv immunitet - organizmning o’z kuchi hisobiga hosil bo’ladigan 
immunitet, ya’ni bunda kasalliklarga qarshi organizmning o’zida antitelolar hosil 
bo’ladi. Vaksinalar va anatoksinlarni boshqacharoq ataydigai bo’lsak organizm 


93 
uchun antigendir, ularni organizmga kiritganimizda, organizm himoyalanishga 
harakat qiladi, ya’ni ularga qarshi antitelolar ishlab chiqaradi. 
Sun’iy passiv immunitet organizmga har xil zardoblardan tayyorlangan 
preparatlar yuborilganda hosil bo’ladi, ya’ni passiv immunitet deb organizmga 
tayyor antiteloli preparatlar kiritilishi bilan hosil bo’ladigan immunitetga aytiladi. 
Odamlar qonidan tayyorlangan zardoblar gomologik zardoblar deb, hayvonlar 
qonidan olingan zardoblar esa geterologik zardoblar deb ataladi. 
Profilaktik emlash uchun qo’llaniladigan preparatlar 
Hozirgi paytda yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun vaksinalarning 
quyidagi turlari ishlatiladi: 
- tirik vaksinalar; 
- jonsizlantirilgan vaksinalar; 
- kimyoviy vaksinalar; 
- anatoksinlar. 
Tirik vaksinalar - patogenlik, virulentlik xususiyatlari yo’qotilgan, lekin 
immunologik xususiyatlari saqlab qolingan bakteriya, rikketsiya va viruslardan 
tayyorlanadigan vaksinalardir. 
Ular jonsizlantirilgan vaksinalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. 
Organizmga yuborilgan tirik vaksinalar ko’paya boshlaydi va limfa tugunlariga, 
ba’zan esa ichki organlargacha ham kirib bora oladi. O’z navbatida organizm ham 
bunga javoban maxsus reaksiya bilan, ya’ni antigenga qarshi antitelo hosil qilish 
reaksiyasi bilan javob qaytaradi. 
Emlash natijasida o’tadigan infeksion jarayon bir necha hafta davom etadi. 
Organizm bu vaqt mobaynida bir marta yuborilgan vaksinaga javoban kuchli va 
davomli immunitet hosil qilib ulguradi. Jonsizlantirilgan vaksinalarda esa buning 
uchun organizmga ikki-uch marotaba yuborish kerak bo’ladi. 
Tirik vaksinalar quyidagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlashda qo’llaniladi: 
chin chechak, qizamiq, sil, gripp, epidemik parotit (tepki), tulyaremiya, Ku-isitma, 
o’lat, sariq isitma, qora oqsoq, poliomielit, kuydirgi. 
Tirik vaksinalar 4-8°S (2-10°S) dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlanishi va 
tashilishi lozim. 
Idishi singan yoki darz ketgan, vaksinasining ko’rinishi o’zgargan bo’lsa 
(burishib qolgan, har xil rangda, nomlanmagan va boshq.), bunday vaksinalar 
ishlatilmaydi (brakeraj) va zararsizlantirilib tashlab yuboriladi. Quritilgan 
vaksinalarni eritish uchun steril izotonik natriy xlor suyuqligi yoki distillangan suv 
ishlatiladi. O’tgan davrlarda tirik vaksinalar suyuq holda chiqarilar edi va o’z 
aktivligini eng qulay sharoitlarda ham 3 haftadan ko’p saqlab qololmas edi. Bu hol 
esa ularning tibbiyot amaliyotida keng qo’lanilishini chegaralab qo’yar edi. 
Bunday kamchiliklarni bartaraf etish va immunogenlik xususiyatlarini uzoq 
muddatlargacha saqlab qola olishi uchun, tirik vaksinalar shtammlari zararsiz 
bo’lgan qo’shimcha moddalar (saxaroza, jelatin va boshq..) qo’shilib muzlatilgan 
holda chuqur vakuum ostida quritilib, shisha idishlarda vakuum sharoitida 
yopilgan holda chiqariladi. Odatda har bir vaksinaning yonida kerakli miqdorda 
eritish uchun idishchada suyuqlik bo’ladi. Eritilgan vaksina 4 soat mobaynida 


94 
ishlatilishi kerak. Ishlatilmay qolgan vaksina zararsizlantirilib, tashlab yuboriladi. 
Shuni esda tutish kerakki, tirik vaksinalar bilan emlashdan 2 kun oldin va 
emlangandan keyin 7-10 kun mobaynida antibiotik va sulfanilamid dorilar qabul 
qilmaslik kerak. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling