Epidemiologiyadan
Tibbiyotda qo’llanuvchi buyumlarga sterilizatsiyadan oldingi ishlov
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyumlarning sterilizatsiya oldi ishlov sifatini tekshirish nazorati
Tibbiyotda qo’llanuvchi buyumlarga sterilizatsiyadan oldingi ishlov
berish Bunday ishlov berishga sabab, buyumlar yuzasidagi oqsil, yog’ va boshqa moddalarni yo’qotishdir. Sterilizatsiya oldi ishlovi qo’lda yoki mexanizatsiyalashgan usulda olib boriladi. Qo’lda ishlov berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) oqib turgan suv ostida 0,5 daqiqa davomida chayish, yuvish; b) anjomlarni 50°S haroratli yuvuvchi eritmada 15 daqiqa bo’ktirib qo’yish, mexanik tozalash. Yuvish vositalari sifatida "Biolat" preparatining 0,5%li eritmasi yoki "Progress", "Astra", "Lotos" yuvish vositalarining 0,5% eritmasi bilan 0,5% vodorod peroksidi aralashmasi qo’llaniladi. 0,5% pergidrol eritmasini tayyorlash uchun 975 ml suvga 20 g. standart (27,5-33%) pergidrol eritmasi solinadi. Ekspozitsiya muddati tugagach tibbiy anjomlar qaytadan ishqor qoldig’idan tozalash uchun oqar suvda chayiladi. "Biolat" preparati qo’llanilganda yuvish 3 daqiqa, "Progress", "Novost", "Lotos" 5 daqiqa, 'Astra" preparatida esa 10 daqiqa davom ettiriladi; v) oqar suvdan so’ngra distillangan suvda 0,5-1 daqiqa davomida chayish, yuvish, bo’ktirish; g) 80-85"S haroratli issiq havoli sterizatorlarda quritish. Mexanizatsiyalashgan usulda ninalar, shprislar, asbob-uskunalar uchun mo’ljallangan mashinalarda sterilizatsiya tartibiga asosan olib boriladi. Yuvuvchi eritma rangi o’zgarmasa 1 sutka davomida uni qayta qizdirib, 6 martagacha foydalanish mumkin. Buyumlarning sterilizatsiya oldi ishlov sifatini tekshirish nazorati Qon qoldiqlari mavjudligini bilish uchun orto-tolidinli yoki amidopirinli sinamalar qo’llaniladi. Yuvish vositalari qoldiqlarini aniqlashda esa fenolftaleinli sinama qo’llaniladi. ORTO-TOLIDINLI SINAMA teng miqdordagi hajmda distillangan suvda tayyorlangan orto-tolidinning 1% li suvdagi eritmasi va vodorod peroksidining 3%li eritmasi aralashtiriladi. Tampon ho’llanib tibbiy anjom artiladi, qon qoldig’i bo’lsa ko’k-yashil rang paydo bo’ladi. AMIDOPIRINLI SINAMA. Teng miqdordagi 5% li amidopirinning spirtdagi 86 eritmasi, 30% li sirka kislotasi va 3% li vodorod peroksid eritmasi olinib aralashtiriladi. Nazorat qilinayotgan buyumga birlamchi reaktiv tomiziladi. Agar u ifloslangan bo’lsa ko’k yashilga bo’yaladi. FENOLFTALEINLI SINAMA quyidagicha qo’yiladi: fenolftalinning 1% li spirtli eritmasi tayyorlanib buyumlar yuzasiga 1 tomchi suriladi (tomiziladi). Agar buyum yuzasida yuvuvchi vosita qoldig’i bo’lsa eritma pushti rangga bo’yaladi. Sterilizatsiyadan oldin ishlov berilgan buyumlarning har bir turining 1% nazoratdan o’tishi shart. DSENM va dezinfeksiya xodimlari davolash-profilaktika muassasalarida sterilizatsiyadan oldingi ishlovni kamida har 3 oyda 1 marotaba nazorat qilishlari kerak. T. I. ISKANDAROV SINAMASI. Iskandarov sinamasining yuqorida ko’rsatilgan sinamalardan (amidopirin, orto-tolidin) keskin farq qilib, tibbiy asbob- uskunalarda qon yoki uning elementlari qoldiqlari qolgan yoki qolmaganligini aniqlab ko’rsatib beradi. Yangi usulning afzalligi yana shundaki, unda nafaqat yangi qon qoldiqlari, balki plazma va zardoblar qoldiqlari ham samarali aniqlanadi. Bu esa gepatit V, OITS (SPID) kabi kasalliklarning tarqalishining oldini olishda epidemiologik jihatdan juda katta ahamiyat kasb etadi. T. I. Iskandarov sinamasining yutuq tomonlaridan yana biri shuki, bunda tekshirilayotgan asbob anjomlar, ularning yuzalari sinama uchun ishlatiluvchi eritmalar bilan muloqatda (kontakt) bo’lmaydi, shuning uchun bu anjomlarni sinama o’tkazilgandan so’ng qayta ishlovdan o’tkazish shart emas. Sinamani qo’yish uchun dastlab 3 ta eritma tayyorlab olinadi, ya’ni qiyoslovchi eritma. №1 eritma — asosiy indikator eritma (T. I. Iskavdarov eritmasi); №2 eritma - musbat natijalarni qiyoslash uchun; №3 eritma - manfiy natijalarni qiyoslash uchun. Plastinkaga №2 eritmadan 1 tomchi va №3 eritmadan 1 tomchi tomiziladi hamda ularga 1 tomchidan №1 eritmadan qo’shiladi. Musbat sinama (№2eritma + №1eritma) - ko’k rangda. Manfiy sinama (№3eritma + №1eritma) - pushti rangta bo’yaladi. Taqqoslovchi sinamalar tayyor bo’lgach, asosiy sinamaga o’tish mumkin. Tekshirilayotgan shprislarga 3-4 tomchi distillangan suv quyiladi va qolgan qon qoldiqlarini aralashtirish uchun shpris porsheni silindr ichida bir necha bor harakatlantiriladi. Bu suyuqlikdan №1 eritmaga 1 tomchi tomiziladi. Natija musbat bo’lsa ko’k ranga bo’yaladi. Bug’ bilan sterilizatsiya qilish usuli: To’yingan suv bug’i bosim ostida qo’llanilganda barcha turdagi mikroblarni yo’qotishda yaxshi natija beradi. Bug’ bilan sterilizatsiya uslubi bug’ sterilizatorlarida amalga oshiriladi. Bug’ bilan sterilizatsiyalash kasalxonalar va poliklinikalarning turli bo’limlarida, mikrobiologiya laboratoriyalarida, farmasevtika va boshqa muassasalarda qo’llaniladi. Bug’li sterilizatsiyaga yara yuzasiga teguvchi, qon va uning preparatlariga hamda shilliq qavatga tegib, uni jarohatlantirish holati bo’lgan asbob-uskunalar beriladi. Bug’li sterilizatorlar tuzilishi, hajmi, ishlash bosimi va boshqa 87 ko’rsatkichlariga qarab farqlanadi, sterilizatorlar turi: yumaloq, to’g’ri, burchakli. Bug’li sterilizator ishining nazorati. Elektr yordamida isitiladigan tik holdaga bug’li sterilizatorlar quyidagilardan iborat: sterilizatsiya kamerasi, vodoprovod kamerasi va himoya qiluvchi g’ilof. Ish tartibi: bug’ bosimida (atmosfera bosimidan yuqori) (1 kg/sm 2 ) va harorati 120°S 45 daqiqa ushlanadi, bosimi (2kg/sm 3 ) va harorati 132 °S bo’lganda 20 daqiqa ushlanadi. Bug’li sterilizatsiya sifatini bakteriologik sinovdan o’tkazishda tarkibida 120°S haroratli bug’ ta’siriga 3-5 daqiqa davomida chidash bera oladigan sporali saprofitlari bor bo’lgan bog’ tuprog’i sinamasi qo’llaniladi. Nazorat paytida bironta sinamada sporalar o’sishi kuzatilsa, sinama qaytariladi. Maboda yana o’shanday natija olinsa, sterilizatorning sifatsiz ishlash sabablari aniqlanib tuzatilguncha to’xtatib qo’yiladi. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limlarida bug’li sterilizatorlar ishi yil mobaynida kamida 2 marta tekshiriladi. Sterilizatorlarning umumiy sonidan tanlab 30% tekshiruvdan o’tkaziladi. Bug’li sterilizatsiyani sifatini termik nazorat yordamida ham o’tkazish mumkin. Bu usul ayrim moddalarni turli haroratlarda rangini o’zgarishi yoki erish xususiyatlariga asoslangan. Bu usullardan biri Mikulich usulidir. Eng samarador usullardan bo’lgan bu usul kukunsimon moddalar bilan o’tkaziladi. Bu moddalar turli haroratlar ta’sirida erish xususiyatiga egadir. Kukunsimon moddalarni kichik shisha probirkalarga solinib berkitiladi va sterillanayotgan biksni ichiga solinadi. Asosan quyidagi moddalardan foydalaniladi: oltingugurt (erish harorati 111- 120°S), antipirin (113°S), rezorsin (110-119°S), benzoy kislotasi (121°S), naftol (120-122°S), fenasetin (134-135°S). Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling