Epidemiologiyadan
Kasallanishning yillik dinamikasini tahlil qilish uslubi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Kasallanishning yillik dinamikasini tahlil qilish uslubi
1. Kasallanishning oylik dinamikasini aniqlash. Bunda kasallanishning o’rtacha ko’p yillik intensiv ko’rsatkichlari ularning ishonch chegarasi ehtimollik miqdori bilan har xil o’zgaruvchanligida qo’llaniladi (095; 099; 099,5). Kasallanishning o’rtacha oylik dinamikasining ko’rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi: 108 ∑y Y= n bunda: U- ko’p yillik kasallanish darajasining o’rtacha miqdori. ∑y - yillar davomidagi bir oylik kasallanishlar ko’rsatkichining yig’indisi. n - tekshirilayotgan yillar soni. O’rtacha arifmetik ko’rsatkich chegarasi 0,99 ehtimollik darajasi bilan quyidagi formuladan topiladi: U + 2,6 m , bunda m - o’rtacha arifmetik ko’rsatkichning o’rtacha xatoligi. 2,6 - 0,99 ehtimollik darajasiga mos kelgan koeffitsent. O’rtacha xatolik quyidagi formulaga asosan hisoblanadi: u m = √ n bunda: u - o’rtacha kvadrat siljish. n - tekshirilayotgan ko’rsatkichlar soni. Bunday o’rtacha ko’p yillik kasallanish darajasining har oylik aniqlanish usuli, 7 yildan kam bo’lmagan davrni o’z ichiga oluvchi kasallanishning o’sish sur’atini tahlil qilishda qo’llaniladi. 2. Tekshirilayotgan yillar soni ko’p bo’lganda, ko’p yillardagi har oylik ko’rsatkichi sifatida, berilgan sharoitda ko’proq ma’lumotga ega bo’lgan mediana ko’rsatkichdan foydalaniladi. Mediana kasallanishning o’rtacha oylik ko’rsatkichlarini o’sib boruvchi (yoki kamayib boruvchi) ketma - ketlikda joylashtirish yo’li bilan aniqlanadi. Variant soni (n) toq bo’lganda, mediananing tartib raqami, n + 1 2 qonun bo’yicha aniqlanadi. Variant soni juft bo’lganda, mediananing tartib raqamini qator markazida joylashgan ikkita variantning o’rtacha qiymati shaklida aniqlanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling