Заголовок Lorem Ipsum Sit Dolor Amet
Download 380.44 Kb.
|
kriptologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bardoshli kriptotizimlar.
- Simmetrik kriptotizimlar
Заголовок Lorem IpsumSit Dolor AmetMavzu:Mutlaqo bardoshli kriptotizimlarBajardi:Asmandiyorov .BQabul qildi:Baratov .JMavzu:Mutlaqo bardoshli kriptotizimlarReja:1.Kriptotizimlar haqida tushuncha.2.Elektron raqamli imzo.3. Bardoshli kriptotizimlar.KriptotizimlarKriptobardoshlilik (bardoshlilik) deb - kriptotizimning hujumlarga qarshi tura olish qobiliyatiga aytiladi. Miqdoriy jihatdan kriptobardoshlilik etarli ehtimollik bilan kriptotahlilchini muvaffaqiyatga eltadigan eng yaxshi kriptotahlil algoritmining murakkabligi bilan o‘lchanadi. Kriptoalgoritmlar ular xavfsizligining isbotlana oluvchanlik darajasi bilan farqlanadilar. So‘zsiz bardoshli, isbotlanarli bardoshli va faraz bo‘yicha bardoshli kriptoalgoritmlar mavjud. So‘zsiz bardoshli kriptoalgoritmlarning xavfsizligi kalitni ochish mumkin emasligini isbotlovchi teoremalarga asoslanadi. Masalan, Vernam shifri (bir marta foydalaniladigan kalitli) so‘zsiz bardoshlidir. Isbotlanarli bardoshli kriptotizimlarning bardoshliligi barcha tomonidan murakkabligi tan olingan va ko‘plab matematiklar echishga urinib echa olmagan yaxshi ma’lum matematika masalasi (muammo)ning echish murakkabligi bilan aniqlanadi. Masalan, Diffi-Xellman yoki Rayvest-SHamir-Adleman (RSA) algoritmlari shu sinfga oid. Bularning bardoshliligi diskret logarifmlash va butun sonni tub ko‘paytuvchilarga ajratish masalalarining murakkabligi bilan belgilanadi. Faraz bo‘yicha bardoshli kriptoalgoritmlar bir yoki bir necha kishi urinib ko‘rgan va yaxshi o‘rganilgan masalalarga keltirilmaydigan xususiy matematika masalalariga asoslanadi. Lekin, ularga katta epchillik xos bo‘lib, kriptoalgoritmlardan bo‘sh joylar payqalganda ulardan voz kechmay buni hisobga olib yana qo‘shimcha ishlash ko‘p vaqtni olmaydi. Masalan, DES, GOST 28147-89, FEAL, IDEA va boshqalar. Afsuski, so‘zsiz bardoshli kriptotizimlar amaliyotda noqulaydir. Isbotlanarli bardoshli kriptoalgoritmlarning xavfsizligi ular asosiga olingan masalalarning yaxshi o‘rganilganligidadir. Kamchiligi zarurat tug‘ilganda kriptoalgoritmni tezkor tarzda qayta qurish imkoniyati yo‘qligidadir. Ular "qattiq" tizimlar bo‘lib, ularning bardoshliligini oshirishga matematika masalasi o‘lchamlarini oshirish yoki almashtirish orqali erishiladi. Bu albatta, shifrlangan apparatdagina emas, balki unga qo‘shni jihozlarda ham o‘zgarishlar zanjirini yuzaga keltiradi. Faraz bo‘yicha bardoshli kriptoalgoritmlar tegishli matematika masalalarining nisbatan kam o‘rganilganligi bilan xarakterlanadi. Kalit bardoshliligi, kalitsiz o‘qishga bardoshlilik, imitobardoshlilik (taqlidga bardoshlilik) va yolg‘on axborotni tiqishtirish tushunchalarini farqlash lozim. Kalit bardoshliligi - bu eng yaxshi ma’lum algoritm bilan kalitni topish murakkabligidir. Imitobardoshlilik - bu eng yaxshi ma’lum algoritm yordamida yolg‘on axborotni ro‘kach qilishdir. SHunga o‘xshash, kriptoalgoritmning o‘z bardoshliligi, protokol bardoshliligi, kalitlar hosil qilish algoritmi va tarqatish bardoshliligi farqlanadi. Bardoshlilik sathi kriptotahlilchining imkoniyatlariga va foydalanuvchiga bog‘liq.
Simmetrik kriptotizimlarЗаголовок Lorem IpsumLorem ipsum dolor sit amet, consectetuer adipiscing elit. Nunc viverra imperdiet enim. Fusce est. Vivamus a tellus. Pellentesque habitant morbi tristique senectus et netus. Download 380.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling