Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Sanitariya-epidemiologik 
nazorat. 
Malakali o’tkazilgan sanitariya-
epidemiologik tahlil vaksinaprofilaktikaning samaradorligi va o’tkazilgan 
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni baholashning ajralmas sharti bo’lib 
hisoblanadi, bu tahlil o’zida ayrim kichik uchastkalarda, ayniqsa kasallanish 
bo’yicha ahvol yaxshi bo’lmaganida, suv ta’minoti, kanalizatsiya va aholi yashash 
joylarini chiqindilardan tozalash haqidagi amaldagi ko’rsatmalarni yig’ish va qayta 
ishlashni nazarda tutadi. 
Ich terlama, paratif A va V bo’yicha oxirgi besh yil ichidagi kasallanishlar 
alohida-alohida tahlil qilinadi va kasallanganlarning yoshi, jinsi, kasbi, 
mavsumiylik ko’rsatkichlarini hamda infeksiya manbai va yuqtirish omillarini o’z 
ichiga oladi. 
Har bir o’choq epidemiolog-vrach tomonidan tekshiriladi. REA natijasida 
aniqlangan xavfli guruhlar o’rtasida (suv omili, oziq-ovqat omillari) immunologik 
nazorat tekshiruvlari o’tkazish mumkin. Yuzaga kelgan avj olish hollarida yoki 
aniqlangan 
kasallanishlar 
ko’rsatkichlarining 
sezilarli 
ko’tarilishlarida 
infeksiyaning turli xildagi omillar orqali yuqishini baholash lozim, bunda har bir 
omil ta’sir etishining qay darajada uchrashi aniqlanadi, daryolar, ariqlar suvidan 
iste’mol qiluvchilar miqdori (% hisobida), turli taomlarni iste’mol qilish va tegishli 
ravishda kasallanmaganlarning guruhi. 
Yuqish omillarini aniqlashda infeksiya manbaini topish va bemorlardan 
ajralayotgan qo’zg’atuvchi fagotipini aniqlash zarur. Ich terlama bilan 
kasallanishning kamayishida chora-tadbirlarni epidemik jarayonning barcha 
zvenolariga nisbatan olib borish muhim rol o’ynaydi. Eng asosiy chora-tadbirlarga 
aholini toza, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va sanitariya-gigiyenik choralar 
kiradi. 
 
 
 
 
 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling