Epidemiologiyadan


Salmonellyozlarni bartaraf qilish uchun


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
Salmonellyozlarni bartaraf qilish uchun 
 o’tkaziladigan chora-tadbirlar 
Hamma aniqlangan va laboratoriyada tasdiqlangan kasallik va salmonella 
tashuvchilik hodisalari albatta davolash profilaktika muassasalarida qayd qilinadi. 
Salmonellyoz kasalliklari haqidagi ma’lumotlar DSENMlarga yuboriladi. Guruh-
guruh kasalliklar paydo bo’lganda faqat kasal bo’lib qolgan shaxslargina emas, 
balki kasallik xavfi ostida qolgan, ya’ni bemorlar bilan birga ovqat, suv iste’mol 
qilgan, ular bilan muloqotda bo’lgan barcha shaxslar bakteriologik tekshiriladi. 
Kasal bo’lib qolgan shaxslar bilan bitta oshxonada ovqatlangan, lekin 
zararlanmagan shaxslarni ham aniqlash lozim. Epidemiologik ko’rsatmalarga 
binoan salmonellyozlar epidemiya o’chog’ida bemorlar bilan muloqotda bo’lgan 
shaxslar oziq-ovqat korxonasi va Shunga teng korxona xodimlari tekshiriladi. 
Salmonellyozlardan tuzalib chiqqan, bakteriologik tekshiruvda salmonellalar 
topilmagan shaxslar ustidan dispanser kuzatuvi olib borilmaydi. Surunkali 
bakteriya tashuvchilik aniqlangan taqdirda tekshiruv to’xtatiladi va bakteriya 
tashuvchi DSENMda hisobga olinadi, o’choqda sanitariya tuShuntirish ishlari olib 
boriladi. Dastlabki 3 oyda salmonellalar ajratilgan taqdirda bunday shaxslar 
vaqtincha ovqat mahsulotlarini sotishga, suv ta’minotiga aloqador bo’lgan ishlarga 
qo’yilmaydi. Salmonellyozlarga qarshi kurash uchun sanitariya maorifi ishlari 
o’tkaziladi. 


137 
 
Salmonellyozlarda bakteriya tashuvchilik profilaktikasi 
Bakteriya tashuvchilikka qarshi kurashish eng muhim profilaktik choralardan 
biri hisoblanadi. Salmonellyoz bilan og’rigan bemorlar va bakteriya tashuvchilar 
klinik va epidemiologik ko’rsatmalar asosida shifoxonaga yotqiziladi. Bakteriya 
tashuvchi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar, oziq-ovqat korxonalari, bolalar 
va davolash profilaktika muassasalarining xodimlari albatta shifoxonaga 
yotqiziladi. 
Epidemik o’choqda muloqotda bo’lgan kishilar ustidan bir hafta mobaynida 
tibbiy nazorat o’tkaziladi. 
Barcha tekshirishlar davolash kursi tugagandan keyin 2 kun o’tgach 
o’tkaziladi. Bakteriya tashuvchilik hollari aniqlanganda epidemiologik tekshiruv 
o’tkaziladi, bu epidemiolog vrach tomonidan o’tkaziladi. Epidemiya o’chog’ida 
so’rab-surishtirish yo’li bilan bemorning kasb-kori, ovqatlanish xususiyati, suvdan 
foydalanishi aniqlanadi. 
Infeksiya yuqtirishi Shubha qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va 
iste’mol qilish qat’iyan man etiladi. 
Shifoxonalarda, bolalar muassasalarida, sut tayyorlaydigan oshxonalardan 
tekshiruv uchun sinamalar olinadi. Kemiruvchilar bo’lganda ushlab olinadi va 
bakteriologik tekshiriladi. Shuningdek uy hayvonlari ham tekshirib ko’riladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling