Epidemiologiyadan


 Operativ (tezkorlik bilan o’tkaziladigan) epidemiologik tahlil


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
2. Operativ (tezkorlik bilan o’tkaziladigan) epidemiologik tahlil. 
Bu tahlil kasallikning tarqalishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularning ta’sir 
etish davrining qachon boshlanganligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Buning 
uchun har kunlik, haftalik uchragan kasallanishlar darajasini kasallanganlarning 
yoshi, kasbi va bu kasalliklar etiologiyasini kasallik tarqalgan hududlarda kuzatib 
boriladi. 
Bunda faqat salmonellyozlar bilan kasallanish emas, balki o’tkir yuqumli 
ichak kasalliklari bilan kasallanish darajasi ham tahlil qilinadi. 
Odamlardan, hayvonlardan, parrandalardan, atrof muhit predmetlaridan 
ajratib olingan salmonellalarning serologik turlari, fagotiplari, biologik 
hususiyatlari va antibiotiklarga nisbatan chidamliligi xossalari haqida uzluksiz 
ma’lumotlarga ega bo’lish, bu ma’lumotlarni tahlil qilish. Bunday tahlil 
salmonellalarning "gospital" shtammlari paydo bo’lishini aniqlashga yordam 
beradi. 
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat, ichimlik suvi, sut-qatiq mahsulotlarining 
sifati 
umumiy 
ovqatlanish 
korxonalarining 
sanitariya 
ahvoli 
haqidagi 
ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni laboratoriya tekshiruvlaridan o’tkazib turish, 
sog’lom aholini serologik usullar bilan tekshirib turish, ayniqsa epidemiologik 
jihatdan ahamiyatli korxonalarda ishlovchi kishilarni. Aholi migratsiyasi haqidagi, 
yangi tashkil bo’lgan jamoalar haqidagi, boshqa joylardan keltirilgan oziq-ovqat 
mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish. 
3. Retrospektiv epidemiologik tahlil. 
1. Kasallanishning ko’p yillik dinamikasini, har yillik dinamikasini tahlil 
qilish. 
2. Salmonellyoz kasalligining har xil hududlarda, har xil yoshdagi va har xil 
ijtimoiy guruhlar o’rtasida tarqalganligini tahlil qilish. 
3. 
Retrospektiv 
epidemiologik 
tahlil 
natijalarini 
umumlashtirib, 
salmonellyozlarga qarshi kurashish chora-tadbirlar rejasini asoslab beriladi. 
4. Epidemiologik nazoratning boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish 
retrospektiv epid.tahlil natijalariga asoslanadi va shu asosda salmonellyozlarga 
qarshi kurashish uchun kvartal, yillik va 5 yillik rejalar tuziladi. Shu rejalarning 
bajarilishi ustidan nazorat o’rnatiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling