Epidemiologiyadan


Shifoxonalarda salmonellyozlar bo’yicha epidemiologik nazorat o’rnatish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Shifoxonalarda salmonellyozlar bo’yicha epidemiologik nazorat o’rnatish 


139 
Shifoxonalarda salmonellyozlar bo’yicha epidemiologik nazorat sanitariya 
epidemiologiya 
xizmati 
xodimlari 
(epidemiologlar, 
sanitariya 
vrachlari, 
ovqatlanish va kommunal gigiyenistlar, bakteriologlar) tomonidan hamkorlikda 
olib boriladi, bunda epidemiologlar asosiy rol o’ynaydi. 
Salmonellyozlar bo’yicha shifoxonalarda o’tkaziladigan epidemiologik 
nazorat o’tkazish tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1. Diagnoz qo’yish, sistemali axborot. 
2. Laboratoriya tekshirish metodlarini qo’llash bilan o’tkaziladigan sanitariya-
gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar ustidan nazorat olib borish. 
3. Tashqi muhitda, shifoxonalarda salmonellalar ajralib chiqqanda etiologik 
omillarni tasdiqlanishi. 
4. Shifoxonalarda salmonellez aniqlanishi va kasallanish tahlillari 
epidemiologik ishonch hosil qilingan holda baholanadi. 
5. Profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni qayta ishlashni amalga 
oshirish. 
Yuqumli kasalliklarni ro’yxatga oluvchi jurnalga salmonellez bilan 
kasallanganlarni ro’yxatga olish va shifoxona ichidagi hodisalarni va zoonoz 
infeksiya haqidagi ma’lumotlarni ro’yxatga kiritish. 
Har oyda bo’lim boshlig’i va epidemiologlar bilan birgalikda ro’yxatga 
olinayotgan kasalliklar tahlil qilinadi. 
Bunda bemorlarning zararlangan joylariga qarab guruhlarga bo’lish. 
1.Shifoxonalarda zararlangan. 
2.Boshqa shifoxonalarda kasallikni yuqtirgan bo’lib, bu shifoxonalarga 
o’tkazilgan. 
3.Shifoxonadan tashqarida kasallikni yuqtirgan. 
4.Shubha tug’diruvchi hollar. 
Bu ma’lumotlar DSENMlarga yuboriladi. 
Epidemiologik 
tekshiruv 
natijasi 
qoniqarsiz 
hollarda 
shifoxonada 
epidemiolog, klinitsist bilan birga kasallik tarixini tahlil qilinadi, so’rab 
surishtiriladi. Bolalar shifoxonalarida kompleks ravishda har kvartalda I marta 
epidemiolog, kommunal va ovqatlanish gigiyenasi vrachlari tomonidan 
laboratoriya tekshiruvlari olib boriladi. Agar epidemiologik tekshiruv natijalari 
qoniqarsiz bo’lsa, yana qo’shimcha ravishda kengaytirilgan hajmda bakteriologik 
tekshirish o’tkaziladi. 
Shifoxonada bundan tashqari bakteriologik laboratoriya bo’lib, oyiga 1 marta 
shifoxona laboratoriyalari bilan birgalikda rejali tekshiruvlar olib boriladi. 
Kompleks tekshiruvdan keyin bu bo’limning holatiga sanitariya-gigiyenik 
xarakteristika yoziladi, bunda ovqatlanish rejimini tashkil qilinganligi, oziq-ovqat 
mahsulotlarining saqlanishi, kir kiyimlarni qayta ishlash, dezinfeksiya rejimiga 
rioya qilinishi qay ahvolda ekanligi ko’rsatiladi. Bolalar shifoxonasida sanitariya-
gigiyenik va epidemiyaga qarshi rejimini saqlashning quyidagi chora-tadbirlari 
ustidan nazorat olib boriladi. 
1. Shifoxonalarga salmonellalarning bemorlar va xodimlar tomonidan olib 
kirilishini oldini olish. 


140 
2. Infeksiya manbaini o’z vaqtida aniqlash. 
3. Infeksiya tarqalishini oldini olish. 
Tashqi muhitda bakteriologik nazorat o’tkazilganda havodan, oziq-
ovqatlardan, ichimlik suvlaridan sinamalar olinadi. 
Salmonellezlarda 
ajratilgan 
salmonellalarning 
serovarlari, 
biovarlari, 
serologik va kultural xossalari o’rganiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling