Epidemiologiyadan
MAVZU 13. SHIGELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
MAVZU 13. SHIGELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI,
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORAT 1. Mashg’ulotning maqsadi: shigellyozlarda epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi va namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik nazoratni tashkil etish. 2. O’qish joyi va vaqti: mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulot 6 soat, mustaqil ish 2 soat. 3. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishi kerak: 3.1.Kasallikning umumiy tavsifi, aholining kasallanish darajasi; 3.2. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmi; Z.Z. epidemiyaga qarshi chora - tadbirlar tizimi; 3.4. epidemiologik diagnozning o’ziga xos xususiyati; 3.5. epidemiologik nazoratni tashkil etish. 4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 4.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilishi; 4.2. epidemik jarayonni rivojlanish mexanizmini tahlil qilish; 4.3. epidemik jarayonning yuzaga chiqaruvchi omillari va shart -sharoitlarini ocha bilishi. 5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 5.1. Kirish: mashg’ulotning maqsadini tuShuntirib berish; 5.2. talabalarda Shu mavzu yuzasidan mavjud bo’lgan bazis bilimni aniqlash; 5.3. axborot uchun tavsiya etilgan materiallarni muhokama qilish; 5.4. shigellyozlar epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama qilish; 5.5. infeksiya tarqalishida surunkali tashuvchilarning roli; 5.6. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish. 6. Talabalarning mustaqil ishi: 6.1. operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish; 6.2. shigellyozlar profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan tanishish; 6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish; 6.4. masalalar yechish. 7. Adabiyotlar: - Belyakov V.D., Yafaev R.X. Epidemiologiya (1989 y); - Shlyaxov E.N. Amaliy epidemiologiya (1985 y.); - Epidemiologiya kafedrasi amaliy qo’llanmasi; - SSV 1994 y. 15.06.da tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi hududida o’tkir yuqumli ichak kasalliklari profilaktikasini takomilashtirish choralari" haqidagi 275-sonli buyruq. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling