Epidemiologiyadan


Vibrion tashuvchilarni aniqlash


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
Vibrion tashuvchilarni aniqlash 
1. Aholini navbatdagi tekshirish vaqtida, vibrion tashuvchilikka tekshirilishi 
lozim bo’lgan aholi guruhlari sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan 
aniqlanadi va tibbiy shtab tomonidan tasdiqlanadi. 
2. Vabo o’choqlarida alohida joylashtirilganligi yoki tibbiy nazorat uchun 
uyda qoldirilganligidan qat’iy nazar, vabo bilan kasallanganlar va vibrion 
tashuvchilar bilan muloqotda bo’lganlar, Shuningdek ular bilan kasal yuqtirish 
xavfi jihatidan bir xil sharoitda bo’lganlar albatta vibrion tashuvchilikka 
tekshirilishi lozim. 
3. Tibbiy shtab qaroriga binoan ma’lum bir kasbiy guruhlarga mansub 
bo’lgan kishilar bir marotaba tekshiruvdan o’tkazilishi mumkin. 
4. O’choq doirasida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan aholining vabo 
qo’zg’atuvchisiga bakteriologik tekshirilishi lozim bo’lgan kasbiy guruhlari 
aniqlanadi. 
5. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kontingentlarni bakteriologik tekshirish va buni 
tashkil qilish epidemiyaga qarshi kurashish hamda laboratoriya xizmati xodimlari 
zimmasiga yuklatiladi. 
Vabo o’chog’ini cheklash va bartaraf qilish 
 
Vaboning epidemik o’chog’i dastlabki bemor yoki vibrion tashuvchi 
aniqlanishi bilan favqulodda epidemiyaga qarshi komissiyaning (FEKK) 
ko’rsatmasiga asosan viloyat, shahar yoki tuman hokimligining qaroriga binoan 
e’lon qilinadi. 
1.Vabo bilan kasallangan bemor yoki vibrion tashuvchi aniqlangan uylar yoki 
binolar guruhi, aholi yashash punktlarining bir qismi yoki butunlay to’liq aholi 
yashash punkti vaboning o’chog’i deb hisoblanadi. 
2. Infeksiyaning yuqtirish omillari va tarqalish yo’llari hisobga olingan holda, 
epidemiologik tekshirish natijalari asosida vabo o’chog’i chegaralari aniqlanadi. 
3. Vabo o’chog’ida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazish ustidan 
umumiy rahbarlik va nazorat qilish viloyat, shahar yoki tuman FEKK tomonidan 
amalga oshiriladi. 
4. FEKK tibbiy shtabi barcha xizmatlar xodimlari orqali bevosita vaboga
qarshi chora-tadbirlar majmuasini tashkil etadi. 
5. O’choqni cheklash va bartaraf qilish ishlari epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlar operativ ish rejasi asosida olib boriladi. 
6. Operativ reja ma’muriy hudud tibbiy xizmati tomonidan, manfaatdor 
tashkilotlar, korxonalar, muassasalar ishtirokida ishlab chiqiladi va davolash
epidemiyaga qarshi kurashish, profilaktik, laboratoriya, ma’muriy-xo’jalik, 


153 
shuningdek o’choqni tugatishga qaratilgan boshqa xizmatlar faoliyatini 
ta’minlashning aniq chora-tadbirlarini ko’zda tutadi. Shu jumladan: 
- maslahatchilar (konsultant) guruhini aniqlash; 
- zaruriy asbob-uskuna (jihoz) bilan ta’minlash tartibi va hisobi; 
- epidemiologik vaziyat to’g’risida ma’lumot berish tartibi; 
- yakka-yakka yoki ommaviy kasallanish yuz bergan holatlarda gospital va 
laboratoriya bazalari imkoniyatini aniqlash hamda ularni tashkil qilishning tartibi 
va ta’minoti; 
- qo’shimcha transport ajratish va aloqa vositalari bilan ta’minlash; 
- bemorlarni aniqlash va gospitalizatsiya qilish; 
- muloqotda bo’lganlarni alohidalash; 
- o’choqda dezinfeksiya ishlarini bajarish; 
- FEKK (favqulotda epidemiyaga qarshi komissiya) ishini takomillashtirish
- o’choqni epidemiologik tekshirish; 
- o’lganlarni qidirib topish va ularni ko’mish; 
- karantin chora-tadbirlar; 
- bemorlarni davolash; 
- muloqotda bo’lganlarga nisbatan shoshilinch profilaktika o’tkazish; 
- yakuniy dezinfeksiya; 
- sanitariya maorifi ishlari; 
- dispanser nazorati; 
- maxsus laboratoriyalar tashkil qilish; 
- harakatdagi (ko’chma) epidemiologik guruhlar tuzish; 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling