Epidemiologiyadan


Bemorni shifoxonadan chiqarish tartibi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Bemorni shifoxonadan chiqarish tartibi 
Vabo bilan kasallangan bemorlar (vibrion tashuvchilar) regidratatsion va 
etiotrop davolash kursi yakunlanganidan so’ng sog’ayib, bakteriologik 
tekshiruvlarda manfiy natijalar olingandan keyingina shifoxonadan chiqariladi. 
1. Shifoxonadan chiqarishdan oldingi bakteriologik tekshirish, antibiotiklar 
bilan davolash tugallangandan so’ng 24-36 soat o’tgach amalga oshiriladi. 
Bakteriologik tekshirish tartibi: 
- oziq-ovqat sanoati xodimlari va unga tenglashtirilganlar uchun najas 3 
marta, safroning V va S porsiyalari esa bir marta tekshiriladi. 
2. Vabo kasalligini (vibrion tashuvchilikni) boshidan o’tkazgan bemor 
kasallik tarixidan ko’chirmani shifoxonaning bosh vrachi bemor yashash joyidagi 
hududiy davolash muassasasi (shifoxona, poliklinika) mudiriga yuboradi. 
3. Kasallik tarixidan ko’chirmada quyidagilar ko’rsatiladi: 
- asosiy va qo’shimcha kasalliklarning klinik (degidratatsiya darajasini 
ko’rsatish bilan) va bakteriologik tekshirish diagnozi; 
- olib borilgan davolash ko’rsatkichlari, bemorni shifoxonadan chiqarishdan 
oldin bajarilgan barcha tekshirishlar natijalari; 
- bemorning shifoxonadan chiqarish vaqtidagi klinik xarakteristikasi va 
dispanser nazorati zarurligi to’g’risida ko’rsatma. 
Vabo kasalligini yoki vibrion tashuvchilikni boshidan o’tkazgan 
shaxslarga nisbatan ko’riladigan chora-tadbirlar 
1. Vabo kasalligini yoki vibrion tashuvchilikni boshidan o’tkazgan shaxslar 
shifoxonadan chiqarilgandan so’ng kasbidan qatiy nazar birdaniga ishga chiqishga 
ruxsat beriladi va yashash joyidagi poliklinika yuqumli kasalliklar kabineti hamda 
Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazlarida ro’yxatda turadilar. 
Ularning har biriga karta tuziladi (f №30a) va uch oy davomida dispanser nazorati 
o’rnatiladi. 
2. Dispanser nazorati yuqumli kasalliklar kabineti tomonidan olib boriladi. 
Kabinet yo’q bo’lgan hollarda, nazorat terapevtik (pediatrik) bo’lim mudiri 
kuzatuvi ostida uchastka vrachi (terapevt, pediatr) tomonidan amalga oshiriladi. 


155 
3. Birinchi oyda najasni bakteriologik tekshirish 10 kunda bir martadan olib 
boriladi. Keyinchalik najas bir oyda bir martadan tekshiriladi. Najasni birinchi 
marta tekshirishga olish katta yoshdagilar uchun 30 gr., bolalarga yoshiga qarab, 
surgidori (magneziy sulfat) berilgandan so’ng amalga oshiriladi. 
4. Rekonvalessentlar orasida vibrion tashuvchilik aniqlansa, ularni davolash 
uchun vabo shifoxonalariga gospitalizatsiya qilinadi va shundan so’ng ular ustidan 
dispanser nazorati qaytadan tiklanadi. 
5. Vabo kasalligini yoki vibrion tashuvchilikni boshidan o’tkazgan shaxslar 
to’liq sog’ayib ketganlaridan so’ng hamda dispanser nazorati davomida vabo 
vibrioni ajratilishi yuz bermagandagina dispanser hisobidan o’chiriladilar. 
Ro’yxatdan o’chirish poliklinika bosh vrachi, infeksionist va epidemiolog 
ishtirokida amalga oshiriladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling