Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Shoshilinch profilaktika 
1. Shoshilinch profilaktikaga oilada, kvartirada, ish joyida, o’qishda, dam 
olish vaqtida vabo bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar yoki 
kasallikni yuqtirish xavfi bo’yicha bir xil sharoitda bo’lgan shaxslar jalb 
qilinadilar. 
2. Shoshilinch profilaktika maqsadida tetratsiklin yoki doksatsiklin 
buyuriladi. 
Preparatlar 
Bir martalik 
dozasi (f.) 
Sutka 
davomida 
qabul qilishlar 
soni 
Sutkalik 
o’rtacha 
doza (f-) 
Qabul qilish 
davomiyligi 
(kunlarda) 
Tetratsiklin 
0,5-0,3 
2-3 
1,0 

Doksatsiklin 
0,1* 
1-2 
0,1 

*birinchi sutkada 0,2
Bolalarga quyidagicha belgilanadi:
15-17 yosh - kattalar dozasining 1/2 qismi
8-14 yosh kattalar dozasining 1/2 qismi
7 yosh kattalar dozasining 1/3 qismi 
5-6 yosh kattalar dozasining 1/4 qismi 
4 yosh - kattalar dozasining 1/6 qismi 
2-3 yosh - kattalar dozasining 1/8 qismi 
1 yosh - kattalar dozasining 1/12 qismi 
3. Vabo o’chog’ida yuqorida ko’rsatilgan preparatlarga chidamli bo’lgan 
shtammlar topilganda, har bir konkret holat uchun antibiotikogramma hisobga 
olingan holda tibbiy shtab tomonidan preparatlarni bekor qilish masalasi ko’rib 
chiqiladi va sifloks, tarivid, peflatsin preparatlari beriladi. 
Karantin infeksiyaga gumon qilinayotgan hollar haqida navbatdan 
tashqari ma’lumotnoma berish tartibi 
Karantin infeksiyalarga gumon qilinganda hamma malumotlar O’zbekiston 
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1999 y. 18.02. 96-sonli buyrug’iga 
asosan ma’lumotlar yuqori turgan muassasalarga yetkaziladi. Quyidagi 
ma’lumotlar xabar qilinadi: bemorlar ismi sharifi, yoshi, yashash joyi, 
O’zbekistonga kelgan vaqti, kasallangan kuni, kasallik aniqlangan kun, asosiy 
belgilari, taxminiy diagnoz, muloqotda bo’lganlar soni, epidemiyaga qarshi 
profilaktik chora-tadbirlar o’tkazilganligi, tibbiyot muassasalarining mutaxassislari 
bilan, dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi. Vabo vibrioni suv o’tkazish 
tarmog’idan ajratib olingan hollarda, suv tarmog’i manzili, uning vazifasi, ajratib 


159 
olingan kultura soni va ajratib olingan kuni, uning asosiy xususiyatlari, ko’rilgan 
chora-tadbirlar haqida beriladi. Navbatdan tashqari axborot quyidagi tashkilotlarga 
yuboriladi: 
1. 116024 "Plazma" teletaypi orqali O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni 
saqlash vazirligiga; 
3. Sanitariya-epidemiologiya nazorati Departamentiga; 
Masala №1. 
Keyingi yillarda sizning yurtingizda vabo uchramas edi. Siz bu kasallik 
to’g’risida hech eshitmagan edingiz. Oxirgi hafta ichida shifoxonaga 30 nafar 
bemorlar kuchli suvsimon suyuq ich ketish bilan yotqizilgan va ularning 5 nafari 
vafot etdi. 16 nafar bemorni siz markaziy shifoxonaga jo’natasiz. Najasni 
bakteriologik tekshirishda Ogava serotipining El-Tor vibrioni ajratib olindi. 
Bajariladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishingiz kerak: 
1. Siz kim bilan uchrashishingiz kerak va favqulodda majlisda kimlar bo’lishi 
kerak? 
2. Epidemiya haqida kimga xabar qilish lozim? 
3. O’choqqa boradigan brigada a’zolari qanday bo’lishi lozim? 
4. Epidemiya o’chog’ida klinitsistlar harakati nimalardan iborat bo’lishi 
kerak? Ularning harakati qo’shni tumanlarda qanday bo’lishi kerak? 
5. O’choqqa qancha miqdorda, qanday dori-darmonlar, dezinfektantlar va 
boshqa moslamalar yuborilishi kerak? 
6. Siz ommaviy axborot xodimlariga nimalar deyishingiz lozim? 
7. Vaboning oldini olish maqsadida antibiotiklar va vaksinalar tarqatish 
yuzasidan siz nimalar qilishingiz kerak? 
8. Epidemiyani nazorat qilishda va tugatishda sizga yordam talab qilinadigan 
bo’lsa, siz kimga va qayerga murojaat qilishingiz kerak? 
9. O’choqqa keluvchi va ketuvchilar bilan siz qanday ishlar olib borishingiz 
kerak? 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling