Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


160 
MAVZU 
15. 

GEPATITNING 
EPIDEMIOLOGIYASI,
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
A gepatitning epidemiologiyasini, etiologiyasini, profilaktikasini hamda 
epidemiologik nazoratini o’rganish. 
2. O’qish joyi va vaqti: 
4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy mashg’ulot va mustaqil 
ish kafedrada o’tkaziladi. 
3. Talabalar quyidagilarni bilishi shart: 
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi va A gepatitning tasnifiy ahamiyati
endemik hududlar, aholining kasallanish darajasini. 
3.2. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmlari va omillarini. 
3.3. Epidemik jarayon ko’rinishlarini. 
3..4. Profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini. 
3.5. Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni tahlil qilishni. 
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma: 
4.1. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini va xavfli omillarini tahlil 
qila bilishi kerak. 
4.2. Epidemik jarayon ko’rinishlarini tahlil eta olishlari zarur.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1. Kirish. 
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazi bilimlarini muhokama qilish. 
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallarni va adabiyotlarni o’rganish. 
5.4. A gepatitga chalingan bemorlarning epidemiologik ahamiyati
profilaktikasi. 
6. Talabalar mustaqil ishi: 
A gepatitga qarshi yillik joriy reja tuzishni o’rganish. 
Axborot uchun ma’lumot 
A gepatiti - antroponoz, fekal-oral mexanizm bilan yuqadigan, keng tarqalgan 
virusli kasallikdir. 
Etiologiyasi. A gepatit virusi (AGV) o’z xususiyatlariga ko’ra enteroviruslar 
turiga (enterovirus 72), pikornaviruslar oilasiga mansubdir, diametri 27 nm. A 
gepatitning virusi antigenlik nuqtai nazaridan gomogen bo’lib, o’ziga xos yagona 
antigen saqlaydi. Bu antigen kuchli immunogenlik xususiyatiga ega. 
Virusning yuqori harorat, kislotalar, efirlar, dezinfeksiyalovchi vositalarga 
chidamliligi uning tashqi muhitda uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlaydi. 
Ayniqsa past haroratda virus bir necha oy, hattoki yillab saqlanishi mumkin. 
Boshqa enteroviruslarga nisbatan xlor ta’siriga ham chidamli. Erkin xlor 
konsentratsiyasi 0,5-1,5 M1/l bo’lgan (rN 7,0) eritmada 1 soat mobaynida saqlash 
natijasida virusning to’liq zararsizlanishi kuzatilmaydi. Bu holat suv tozalash 
inshootlari to’siqlari orqali virusning vodoprovod tarmog’iga tushib qolishini 


161 
ta’minlaydi. A gepatit virusi inson uchun odatdan tashqari yuqori patogenlik 
xususiyatiga ega. Kasallikni yuqtirish, keltirib chiqarish uchun kam miqdordagi 
viruslar kifoyadir. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling