Epidemiologiyadan


Epidemik jarayon ko’rinishlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Epidemik jarayon ko’rinishlari. A gepatit barcha joyda tarqalgan infeksiya, 
lekin uning tarqalish darajasi turli hududlarda notekisdir. Tarqalish darajasi 
bo’yicha hududlar quyidagicha farqlanadi: 
1) epidemik jarayon rivojlanish jadalligi past - kasallikning intensiv 
ko’rsatkichi har 100 000 aholiga 100 dan kam; 
2) epidemik jarayon rivojlanish jadalligi o’rtacha intensiv ko’rsatkich har 100 
000 aholiga 100 dan 300 gacha; 
3) epidemik jarayon rivojlanish jadalligi yuqori - intensiv ko’rsatkich 100 000 
aholiga 300 dan yuqori. O’zbekiston gepatit A epidemik jarayon rivojlanishi 
giperintensiv kechayotgan hudud hisoblanadi. 
Kasallikning ko’p yillik dinamikasiga davriylik xarakterli. Epidemik jarayon 
rivojlanishi yuqori jadallikda kechayotgan O’zbekiston uchun kichik davriylik xos. 
Bu epidemiologik qonuniyat A gepatit virusi intensiv sirkulyatsiya qilib turgan 
sharoitda tug’ilishning yuqoriligi va kasallikka moyil jamoaning nisbatan tezkor 
shakllanishi bilan izohlanadi. 
Kasallikning yillik dinamikasida yaqqol kuzgi-qishki mavsumiylik. 
kuzatiladi. Eng kam kasallanish yozning boshlarida qayd etiladi. Lekin Shuni 
ta’kidlash joizki, kishilarning kasallikni ommaviy yuqtirishlari aynan yoz 
mavsumiga to’g’ri keladi, yashirin davr uzoq davom etishi tufayli 2 oylardan 
keyin, ya’ni kuzga kelib A gepatit o’sishi kuzatiladi. Mavsumiylik tabiati yuqish 
mexanizmi faollashuviga bog’liq. Kasallikning mavsumiy o’sishi shakllanishida 
ayniqsa, suv omilining ahamiyati katta. 
Aholining turli yosh guruhlarida kasallanish taqsimlanishi notekisdir. 
Epidemik jarayon rivojlanishi jadal kechayotgan hududlarda maktabgacha 
yoshdagilar (yasli va bog’cha yoshidagilar) eng ko’p kasallanishadi, o’rtacha 
jadallikdagi hududlarda o’quvchi va o’spirinlar, past jadallikdagi hududlarda 
kattalar nisbatan ko’proq kasallanishadi. Kasallanganlar yosh tarkibining bunday 


163 
o’ziga xosligi, epidemik jarayon jadalligi turlicha bo’lgan hududlarda A gepatit 
virusi bilan bolalikda duch kelish ehtimolligining turli ekanligini aks ettiradi. 
Shahar va qishloq aholisi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari, so’nggi 
yillarda, bir-biriga tenglashib bormoqda. Bu hol, shahardagi va qishloqdagi 
kommunal qulayliklar farqining tobora kamayib borayotganligi bilan izohlanadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling