Epidemiologiyadan


HBcAg (yadroviy antigen) faqatgina gepatotsitlarda topiladi, u qonda  aniqlanmaydi.  HbcAg


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

HBcAg (yadroviy antigen) faqatgina gepatotsitlarda topiladi, u qonda 
aniqlanmaydi. 
HbcAg ga nisbatan antitelolar (anti-HBc) odatda kasallikning klinik 
alomatlari paydo bo’lishi bilan aniqlanadi. Infeksiya yuqqan kishi organizmida eng 
avvalo HBcAg ning IgM sinfiga mansub antitelolar (anti-HBc IgM) paydo bo’ladi 
va virusning faol replikatsiyasining o’tkir bosqichida anti-HBc IgM ning yuqori 
titrda aniqlanishi, ushbu markerning o’tkir B gepatit diagnostikasidagi beqiyos 
o’rnini belgilaydi. Keyinroq uning o’rniga HBcAg ning IgG sinfiga mansub 
antitelola-ri (anti-HBc IgG) paydo bo’ladi va ular infeksiyaning o’tkir yoki 
surunkali shakllarida ham, rekonvalestsentlarda ham aniqlanadi, og’rib o’tganlarda 
umrbod saqlanib qoladi.
HBeAg (yuqumlilik antigeni) - eruvchan antigen, yadroviy antigen hosilasi 
hisoblanadi, lekin undan antigen strukturasi bo’yicha farq qiladi. O’tkir 
infeksiyada HBeAg  HBsAg dan keyin paydo bo’lib, anti HBsAg cirkulyaciyasi 
oldidan yo’qoladi. Organizmda uning replikaciyasi davom etayotganligidan dalolat 
beradi hamda infeksiya manbaining atrofdagilarga xavflilik (yuqumlilik) darajasi 
HBeAg mavjudligi va uning miqdori bilan korrelyatsiya qilinadi. HBeAg ga 
nisbatan antitelolar (anti- HBe) organizmdan HBeAg yo’qolgach paydo bo’lib, 
uzoq muddat saqlanib qoladi. 
HBxAg virus oqsillari sintezi regulyatori hisoblanib, gepatokarsinoma 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qon zardobida B gepatit virusi replikatsiyasining eng ishonchli 
ko’rsatkichidir. U infeksiyaning o’tkir shaklida ham, surunkali shakllarida ham 
aniqlanishi mumkin. Ayniqsa, surunkali HBeAg musbat kishilar qoni zardobida 
DNK yuqori konsentratsiyada bo’ladi. Anti HBe paydo bo’lishi arafasida yoki u 
paydo bo’lishi bilanoq DNK aniqlanmaydi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling