Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

MAVZU 
16. 

GEPATITNING 
EPIDEMIOLOGIYASI, 
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
В 
gepatitning 
etiologiyasini, 
epidemiologiyasini, 
profilaktikasini, 
epidemiologik nazoratini o’rganish. 
2. O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. 
Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi.
3. Talabalar quyidagilarni bilishi zarur: 
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, endemik holati va aholining kasallanish 
darajasini. 
3.2. Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi va omillari. 
3.3. Epidemik jarayon ko’rinishlari. 
3.4. Profilaktik tadbirlar va ularning samaradorligi. 
3.5. Epidemiologik tahlilni. 
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma:
4.1. Epidemik jarayon rivojlanishiga ta’sir etuvchi xavfli omillar
aholi guruhlari, vaqt hamda joylarni tahlil eta olishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1. Kirish. 
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish. 
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish. 
5.4. O’tkir va surunkali B gepatit bemorlari hamda virus tashuvchilarining 
epidemiologik ahamiyati. 
5.5. Qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi, yo’llari va omillarini muhokama 
etish. 
5.6. Profilatikasi.
6. Talabalarning mustaqil ishi: 
Tibbiy anjomlarning sterilizatsiyadan oldingi ishlovi va sterilizatsiyasi sifatini 
tekshirish usullarini o’rganish. 
Axborot uchun ma’lumot 
B gepatiti - antroponoz, tabiiy va sun’iy parenteral yo’llar bilan yuqadigan, 
keng tarqalgan virusli kasallikdir. 
Etiologiyasi. B gepatit virusi (VGV) gepadnoviruslar oilasiga mansub 
tarkibida DNK, DNK-polimeraza fermenti, 4 ta o’ziga xos antigeni mavjud. Sferik 
shaklda, diametri 42 nm. Virus tashqi muhit ta’sirotlariga odatdan tashqari 
chidamlidir. Infeksion jarayon davomida mazkur antigenlarga nisbatan tegishli 
antitelolar paydo bo’ladi. Organizmda B gepatit infeksiyasining turli serologik 
markerlari paydo bo’lishi va yo’qolishi dinamikasi infeksion jarayon kechishini, 
uning bosqichlarini aks ettiruvchi indikator bo’lib xizmat qiladi hamda tipik 
(asoratsiz) o’tkir bosqichda va surunkali shaklda turlicha serologik manzara 
kuzatiladi. 


165 
Virus qobig’ini glikoprotein - virusning sirtqi antigeni –HBsAg tashkil etadi. 
Infeksion jarayon o’tkir bosqichida infeksiya yuqqanidan 1-2 hafta o’tgach 
HBsAg paydo bo’ladi va qon tarkibida bir necha haftadan bir necha oygacha 
sirkulyatsiya qilib turadi. Uning mavjudligi bemorning yuqumliligidan guvohlik 
beradi, lekin infeksiya o’tkir shaklini surunkali shakldan farqlash imkonini 
bermaydi. Odatda organizmning HBsAg dan xalos bo’lishi unga qarshi antitelo-
anti HBs sintezi bilan kechadi. Anti- HBs paydo bo’lishi sog’ayish alomati va 
organizmda B gepatit virusiga qarshi immunitet shakllanayotganligining belgisidir. 
Odatda anti-HBs B gepatitga qarshi emlash natijasida ham paydo bo’ladi, lekin bu 
holda B gepatit infeksiyasining boshqa markerlari mavjud emas.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling