Epidemiologiyadan
HBsAg ning 6 oydan oshiq persistensiyasi bemorda surunkali tashuvchilik holati shakllanganligini ko’rsatadi. Infeksiya manbai
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqish yo’llari va omillari.
- HBsAg
HBsAg ning 6 oydan oshiq persistensiyasi bemorda surunkali tashuvchilik
holati shakllanganligini ko’rsatadi. Infeksiya manbai. B gepatit - tipik antroponoz kasallikdir. Infeksiya manbai bo’lib infeksion jarayonning turli ko’rinishlarini boshidan kechirayotgan kishilar, ya’ni o’tkir va surunkali B gepatit bemorlari, surunkali virus "tashuvchilari" asosiy infeksiya manbai bo’lib, ularning epidemiologik ahamiyati (xavfi) oxirigacha saqlanib qoladi. O’tkir B gepatitdan keyingi surunkali infeksiya chaqaloqlarda 70- 90%, 1-5 yoshli bolalarda 25-50% va katta yoshlilarda 6-10% holda kuzatiladi. 166 Surunkali shaklga o’tish yoshga, jinsga, immunogenetik xususiyatlarga va immunitet holatiga bog’liqdir. Kichik yoshda, erkaklarda va turli immunodefitsit hollarda surunkali infeksiya shakllanish ehtimolligi yuqori. O’tkir B gepatitda kasallik yuqtirilganidan bir necha hafta o’tgach qonda HBsAg sirkulyatsiya qila boshlashi virusning jigar hujayralarida replikatsiyasi boshlanganligidan dalolat beradi. Shu paytdan boshlab kishi infeksiya manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu jarayon qondagi biokimyoviy o’zgarishlar va klinik alomatlar paydo bo’lishidan ancha burun (odatda 2-8 hafta burun) boshlanadi. Yuqish yo’llari va omillari. B gepatit virusi tabiiy va sun’iy yo’llar bilan yuqishi mumkin. Tabiiy yo’llar tadrijiy taraqqiyot jarayonida shakllangan bo’lib, qo’zg’atuvchining tur sifatida saqlanib qolishini ta’minlaydi. Tabiiy yo’llar, xususan, infeksiyaning onadan homilaga (antenatal, perinatal, postnatal), jinsiy va turmushdagi yaqin maishiy muloqot natijasida berilishida kuzatiladi. Qon so’ruvchi hasharotlar organizmida HBsAg aniqlanishi (28 turdagi hasharotlar organizmida HBsAg topilgan) infeksiyaning transmissiv mexanizmi bilan ham tarqalishini ko’rsatadi. B gepatit virusining sun’iy yo’llar bilan yuqishi qon va qon mahsulotlarini quyishda, teri hamda shilliq qavatlar butunligi buzilishga sabab bo’luvchi turli- tuman tibbiy, notibbiy muolajalar oqibatida kuzatiladi. Infeksiya manbaidagi, ko’pincha, kasallikning tashqi alomatlarisiz kechadigan uzoq muddatli va intensiv virusemiya qon hamda yuqish uchun ko’maklaShuvchi holat bo’lib xizmat qiladi. Infeksiya yuqishi sodir etilishi uchun juda kam miqdordagi (10 -6 – 10 -7 ml) tarkibida virus saqlovchi qon kifoyadir. Bunday xajmdagi qon esa faqat ignasini almashtirib shprislardan qayta foydalanilganida, tibbiy anjomlar etarlicha mexanik tozalanmaganida saqlanib qolishi mumkin. Notibbiy muolajalarda yuqish giyohvand moddalarni parenteral qabul qiluvchi giyohvandlar o’rtasida, tatuirovka, turli kosmetik va milliy odatlarni bajarish kabi jarayonlarda sodir etiladi. Muayyan hududlarda V gepatit virusi yuqishining ma’lum bir yo’li asosiy hisoblanib dominantlik qilishi mumkin. Turli hududlarda turlicha yo’llarning u yoki bu darajada faol ta’sir etib turishi shu joyning endemiklik darajasiga, sanitar-gigiyenik holatiga, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga, xususan tibbiy xizmat saviyasiga, aholi turmush tarzi va darajasiga, urf-odatlariga bevosita bog’liqdir. V gepatitga nisbatan yuqori endemiklikdagi hududlarda ko’proq infeksiyaning onadan homilaga va bolalarga yuqtirilishi xosdir. Rivojlangan mamlakatlarda esa giyohvand moddalarni parenteral qo’llash va jinsiy (geteroseksual va gomoseksual) yo’llar bilan yuqishi ko’pchilikni tashkil qiladi. Bu mamlakatlarda tibbiy muolajalar oqibatida infeksiya yuqishi 1% atrofida. Aksincha, rivojlanayotgan mamlakatlarda tibbiy muolajalar o’tkazishda va infeksiya manbaining oila a’zolari o’rtasida maishiy yuqishi asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekiston B gepatitga nisbatan giperendemik hudud bo’lganligi sababli 167 perinatal yuqishning salmog’i yuqori, lekin mamlakatimizda tibbiy muolajalar oqibatida infeksiya yuqishi o’ta dolzarb muammo bo’lib turibdi - o’tkir B gepatit bemorlarining qariyib 50%i kasallikni aynan shu yo’l bilan yuqtirishayotganligi kuzatilmoqda. Shuningdek, sun’iy yuqish yo’llari hisobiga ba’zan B gepatit epidemik jarayoni chaqnash tusini olishi mumkin. B gepatit qo’zg’atuvchisi infeksiya manbaining ko’pgina biologik suyuqliklari va ajratmalarida - qon, zardob, yaralar ekssudati, shahvat, qin ajratmasi, so’lak, ko’z yoshi, ter suyuqligi, ko’krak suti, siydik, najasda topilgan. Bu biologik suyuqliklar, ajratmalar va ular bilan ifloslangan turli tibbiy-notibbiy anjomlar, predmetlar, buyumlar yuqtirish omillari bo’lib xizmat qilishadi. Bulardan qon, zardob, yaralar ajratmasi, shahvat, qin ajratmasi, so’lak va ular bilan ifloslangan turli anjomlar eng asosiy hamda eng xavfli yuqtirish omillaridir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, tibbiy anjomlar va muolajalar orqali kasallikni yuqtirish xavfi teri usti applikatsiyasidan tortib infeksiyalar, qon olish va quyish, endoskopik, sistoskopik, stomatologik, ginekologik, jarrohlik, gematologik, gemodializ amaliyoti kabi jarayonlarning barchasida u yoki bu darajada mavjuddir. B gepatit virusining akupunktura ignasi, qon olish "perolari" va ignasiz in’ektorlar orqali yuqish hollari aniqlangan. B gepatit virusining kontagiozligi immun tanqislik virusiga nisbatan taxminan 100 barobar yuqoriroqdir. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling