Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidemik jarayon ko’rinishlari.
Moyillik. B gepatitiga nisbatan aholi moyilligi umumiy, ya’ni organizmida
shu kasallikka nisbatan (maxsus) immuniteti bo’lmagan barcha shaxslar moyildir. Immunitet esa o’tkir B gepatit asoratsiz intihosiga yetganida (postinfeksion immunitet) va unga qarshi emlash natijasida (postvaksional immunitet) paydo bo’ladi. V gepatit bilan og’rib o’tganlarning qayta kasallanishi juda kam kuzatiladi. Epidemik jarayon ko’rinishlari. B gepatit infeksiyasining epidemik jarayoni quyidagi ko’rinishlar bilan xarakterlanadi: - barcha joyda tarqalganlik va notekis hududiy taqsimlanish; - ko’p yillik dinamikada o’sish tendensiyasi; - aholining turli yosh va ijtimoiy - kasbiy guruhlarning turlicha zararlanganligi; - surunkali infeksiyaga chalinganlar atrofida yakka o’choqlik shakllanishi; - tibbiyot muassasalarida infeksiya yuqishining yuqoriligi; B gepatit infeksiyasi barcha joylarda uchraydi, lekin uning tarqalish darajasida hududiy tafovut yaqqol ko’zga tashlanadi. Muayyan joydagi epidemik jarayon jadalligi haqida kasallanish ko’rsatkichlari aholi o’rtasida HBsAg va tegishli antitelolarni aniqlash darajasiga qarab xulosa chiqariladi. Shularga asoslanib yer yuzi uchta zonaga - B gepatit bo’yicha yuqori, o’rtacha va past epidemiklikdagi hududlarga ajratiladi. Yuqori epidemiklikdagi hududlarda (Janubiy -Sharqiy Osiyo, Janubiy Afrika, Amazonka daryosi basseyni, Markaziy Osiyo, ayrim O’rta Sharq va Sharqiy Evropa mamlakatlari) anamnestik yoki hozir kechayotgan B gepatit infeksiyasi serologik markerlar 70-90%, jumladan HBsAg tashuvchiligi 8-20% aholida 168 aniqlanadi. O’rta Sharq, Markaziy va Janubiy Amerika, ayrim Janubiy va Sharqiy Evropa endemiklikdagi o’rtacha hudud bo’lib, serologik markerlar aniqlanishi 20-55%, HBsAg tashuvchilik 2-7%ni tashkil etadi. Past endemiklikdagi hududlarga Shimoliy Amerika, G’arbiy va Shimoliy Evropa, Avstraliya va qisman Janubiy Amerika mansub bo’lib, bu erlarda serologik markerlar 20%, HBsAg 2% aholida aniqlanadi. Jahonning ko’pgina mamlakatlarida o’tkir va surunkali B gepatit bilan kasallanishning ko’p yillik dinamikasida o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Surunkali B gepatit o’sish tendensiyasi surunkali bemorlar to’planib borish jarayonini aks ettiradi. Aholining ayrim qatlamlari, yosh, ijtimoiy-kasbiy guruhlari o’rtasida sun’iy yoki tabiiy yuqish yo’llarining faol ta’sir etib turishi xatarli guruhlar shakllanishiga sabab bo’ladi. Infeksiyaning sun’iy yuqish xavfi retsipientlar, turli parenteral tibbiy muolajalarni ko’plab qabul qiluvchi o’tkir va surunkali bemorlar, giyohvandlarda yuqoridir. O’z kasb-koriga ko’ra ko’pgina tibbiyot xodimlari xatarli guruhga mansub. Virus-tashuvchi onalardan tug’ilgan chaqaloqlar, bolalarning yopiq muassasalari tarbiyalanuvchilari, fohishalar va surunkali B gepatit infeksiyasi o’chog’ida yashovchilar kasallikni tabiiy yuqtirish nuqtai nazaridan xatarli guruhga kiritiladi. Surunkali infeksiyaga chalingan bemorlar atrofidagi barcha oila a’zolari epidemik jarayonga jalb etilib, kuchli va uzoq saqlanib qoluvchi oilaviy epidemik o’choq shakllanishi mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling