Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
178 MAVZU 18. DIFTERIYANING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 1. Mashg’ulotning maqsadi: difteriyada epidemik jarayon va uning namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik nazoratni takomillashtirish. 2. O’qish joyi va vaqti: mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulot - 8 soat, mustaqil ish - 2 soat. 3. Mashg’ulot o’tkazish rejasi: 3.1. kirish, mashg’ulotning maqsadini tushunib olish; 3.2. talabalarda ushbu mavzu yuzasidan mavjud bo’lgan bazis bilimni aniqlash; 3.3. axborot uchun tavsiya qilingan materiallarni muhokama qilish; 3.4. difteriya epidemiologiyasiga tegishli savollarni muhokama qilish; 3.5. infeksiya tarqalishida surunkali bakteriya tashuvchilarning ahamiyati; 3.6. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish; 3.7. difteriyada profilaktik emlashning ahamiyati. 4. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishi kerak; 4.1. kasallikning umumiy tavsifi, tavsifiy ahamiyati, difteriya bilan aholining kasallanish darajasi; 4.2. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmi; 4.3. epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimi; 4.4. epidemiologik diagnoz va uning o’ziga xos xususiyatlari; 4.5. epidemiologik nazoratning o’ziga xos xususiyatlari. 5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 5.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilish; 5.2. epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini tahlil qilish; 5.3. epidemik jarayonni yuzaga chiqaruvchi omillarni va shart-sharoitlarni ocha bilish; 5.4. difteriya epidemik o’choqlarda chora-tadbirlarni tashkil qilish va o’tkazish. 6. Talabalarning mustaqil ishi: 6.1. difteriyada operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish; 6.2. difteriya profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan tanishish; 6.3. difteriyaga taalluqli buyruq va qo’llanmalar bilan tanishish; 6.4. masalalarni yechish. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling