Epidemiologiyadan
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
a) Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan chora-tadbirlar: O’choqda epidemiologik tekshiruvni epidemiolog-vrach olib boradi. Bemor albatta shifoxonaga yotqizilishi shart. Difteriyaga gumon qilinganlar LOR-vrach, infeksionist kabi mutaxassis vrachlar tomonidan ko’rilishi, bakteriologik tekshiruvlar o’tkazilishi shart, agar kasallik topilsa, zudlik bilan bemor shifoxonaga yotqizilishi shart. Difteriya o’chog’idagi tomog’i og’rigan bemorlar difteriyaga gumon qilinib, shifoxonaga yotqizilishlari kerak. Difteriyaning toksigen korinobakteriyasini tashuvchilar yuqumli kasalliklar bo’limiga yotqiziladi. Difteriya bilan og’rigan bemorlar majburiy ravishda yuqumli kasalliklar shifoxonasiga gospitalizatsiya qilinadilar. Laboratoriya tekshirish natijalarini olgunga qadar bemorni iloji boricha bokslarda ushlab turish ma’qulroqdir. Bemor 181 gospitalizatsiyaga kechikkanda o’z uyida unga 500 AE difteriyaga qarshi zardob yuboriladi. Bunda anafilaktik shokga qarshi profilaktik choralarga e’tibor berish kerak. Antibiotiklar bilan davolashni boshlashdan oldin 2 marta kun oralatib bakteriologik tekshiruv o’tkazish kerak. LOR organlarining surunkali kasallanishlarini aniqlash va davolash ahamiyatlidir, chunki ular uzoq vaqtgacha bakteriya tashuvchi bo’lib qolishlari mumkin. Shuning uchun barcha bakteriya tashuvchilar bakteriolog-vrach maslahatidan o’tishlari kerak. LOR organlari surunkali kasalliklari shifoxonasiga tushgan birinchi kunidanoq otolaringolog-vrach ko’rsatmasi bilan tekshiriladi va davolanadi. Antibiotiklar 3 martalik bakteriologik tekshiruv ham musbat bo’lgandagina vrach ko’rsatmasi bilan buyuriladi. Davolash kursi 5-7 kun. Agar ikki marta bakteriologik tekshiruvda ham musbat natija bo’lsa, shifoxonadan berilgan (chiqarish vaqtida) ma’lumotnoma asosida yashash joyida davolash davom ettiriladi. Ikki martalik bakteriologik tekshiruv ham manfiy bo’lganda va antibiotiklar berish to’xtatilganda toksigen korinobakteriyasini tashuvchilarini ajratib qo’yish (izolyatsiya) to’xtatiladi. Takror va uzoq vaqt bakteriya ajratuvchilarni shifoxonada uzoqroq davolanadi. Ikki kurs sanatsiya o’tkazilishga qaramay difteriyaning toksigen korinobakteriyasini tashuvchilarni jamoaga qayta qo’yilishi mumkinligini epidemiolog, pediatr, otolaringolog ishtirokida komissiya hal qiladi. Bunda jamoa immunitetlik darajasi hisobga olinadi. Bakteriya tashuvchilik bartaraf qilinguncha o’sha jamoa epidemiolog va pediatr kuzatuvida bo’ladi. Buning uchun bakteriya tashuvchi va u bilan muloqotda bo’lganlar ikki haftada bir marta bakteriologik tekshiruvdan va tibbiy ko’rikdan o’tkazilib turilishi kerak. Agar jamoada bir vaqtning o’zida 10-15 % va undan ortiq notoksigen bakteriya tashuvchilar aniqlansa, epidemiolog ko’rsatmasi bo’yicha o’sha joyning o’zida sanatsiya o’tkazish mumkin. Bakteriyaning notoksigen shtammini tashuvchilar shifoxonaga yotqizilmaydi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling