Epidemiologiyadan


Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

2. Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar: Qo’zg’atuvchi tashqi 
muhitga chidamsiz bo’lganligi uchun yakunlovchi dezinfeksiya o’tkazilmaydi. 
O’choqdagi kundalik dezinfeksiya xlor tutuvchi eritmalar bilan tozalanadi. 
Binoning havosini ultrabinafsha nurlar bilan nurlantiriladi, idishlar qaynatiladi, 
umumiy idishlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Bu choralar har qanday 
muassasa va yotoqxonalarda o’tkaziladi. Shifoxonada esa sanitariya va 
epidemiologik tartib qattiq saqlanishi, xodimlar niqob taqishlari kerak. 
3. Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan: 
Bolalar muassasasi, chaqaloqlar uyi, maktab-internat va boshqa 
muassasalarda MKIning tarqalgan shakli bilan kasallanganlar shifoxonaga 
yotqizilgandan so’ng: 
- 10 kun muddatga karantin e’lon qilinadi (yangilarni qabul qilish, bolalarni 
bir guruhdan boshqa guruhga o’tkazish mumkin emas); 
- tomoq, burun-halqum, teri qoplamlarini klinik kuzatib turish; 
- otolaringolog ishtirokida tibbiy ko’rikdan o’tkazib turish. 
Terisida allergik toshmalari bor bolalarning tomoq, burun-halqumlaridagi 
yallig’lanish holatlariga alohida e’tibor bilan qarash kerak. Terisida sababi aniq 
bo’lmagan toshmalari bor bo’lsa, menigokokksemiyaga gumon qilinib, 
shifoxonaga yotqiziladi. Tomoq, burun-xalkumda patologik o’zgarishlari 
bo’lganlari ko’pchilikdan ajratilib, uyda davolanadi. Bemor bilan muloqotda 
bo’lganlar sutkada 2 marta termometriya qilinadi. 
- Bemor bilan muloqotda bo’lgan bolalar va bolalar muassasalarida ishlovchi 
katta yoshdagilarni 2 marta 3-7 kun oralatib bakteriologik tekshiruvdan o’tkazish 
lozim. 
- Bemor aniqlangan sinf o’quvchilari va o’qituvchilari 1 marta bakteriologik 
tekshiruvdan o’tkaziladi. 
- Maktab-internatdagi bemor aniqlangan sinf o’quvchilari, o’qituvchi va 
tarbiyachilar ham 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. 
- Oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida esa: bemor agar birinchi kursda bo’lsa, 
hamma kursdagilar, yuqori kursda bo’lsa faqat u bilan muloqotda bo’luvchilar 1 
marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. 


189 
- Bolalar muassasalarida, maktab-internat, maktabdagi meningokokk 
tashuvchilar uyida va izolyatorda ajratib qo’yiladi. Katta yoshdagi tashuvchilar 
ajratilmaydi. 
- Bolalar jamoalari, maktab, lager-sanatoriylarda aniqlangan menigokokk 
tashuvchilar 
muassasalarga qo’yilmaydi, lekin uning jamoasidagilarda 
bakteriologik tekshiruv o’tkazilmaydi. 
- Aniqlangan tashuvchilar 4 kun davomida levomitsetin 0,5x 4, ampitsillin 
0,25x 4 bilan sanatsiya qilinadi. Katta yoshdagilarga esa 2 kun davomida 
rifampisin 0,3x 2 beriladi. 
- Sanatsiya kursi tugagandan keyin 3 kun o’tkazilib bakteriologik tekshiruv 
o’tkaziladi, manfiy natija olinsa jamoaga qo’yiladi. 
- 5 yoshgacha bo’lgan MKIning tarqalgan shakli bilan kasallanganlar bilan 
muloqotda bo’lganlarga, ya’ni bolalarga 1,5 ml gammaglobulin, 5-7 yoshgacha 3,0 
ml gammaglobulin kechiktirmay yuborish kerak. Gammaglobulinni takror 
yuborish 6 oydan keyin o’tkaziladi. Shoshilinch profilaktika maqsadida A va S 
guruhga kiruvchi meningokokkning polisaxarid vaksinasidan foydalaniladi. 
Vaksinatsiya kasallik aniqlangandan keyin 5 kun davomida 5 yosh va undan 
kattalarga o’tkaziladi. 
- Agar bemor o’quv yurtining 1 - kursida o’qisa 1 - kursdagilarning hammasi, 
yuqori kursda bo’lsa faqat muloqot qiluvchilargina vaksinatsiya qilinadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling