Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Axborot uchun ma’lumot 
Shifoxonalarda kasallik yuqishi natijasida namoyon bo’ladigan yuqumli 
kasalliklarga shifoxona ichi yuqumli kasalliklari (SHIYUK) deyiladi. SHIYUK 
bilan kasallanish natijasida bemorlarning shifoxonada yotish muddati uzayadi, 
bemorlarga sarflanadigan xarajatlar ko’payadi. Amerikalik olimlarning hisobiga 
ko’ra SHIYUK bilan kasallanish bemorlarga sarflanadigan xarajatlarni yiliga 5-10 
mlrd. dollarga oshirar ekan. JSST ma’lumoti bo’yicha SHIYUK bilan shifoxonaga 
yotqizilganlar orasida o’lim darajasi, SHIYUK bilan kasallanmaganlarga nisbatan 
10 barobar ko’p ekan. Shifoxona ichi yuqumli kasalliklarini obligat-patogen va 


192 
shartli-patogen mikroblar chaqiradi. Bu kasalliklarning asosiy sababchisi shartli-
patogen mikroorganizmlardir. Bular stafilokokk, streptokokk, esherixiya, viruslar 
va boshqalardir. Shifoxonalarda uchraydigan shartli-patogen mikroblar 2 ga 
bo’linadi: shifoxonadagi va shifoxona tashqarisidagi mikroblarga. Shifoxonadan 
tashqaridagi mikroorganizmlar shifoxonadagi turli xil omillar ta’sirida o’z 
xususiyatlarini o’zgartiradilar. Bu omillar quyidagilardir:
1. Antibiotiklarning keng qo’llanishi. 
2. Shifoxonadagi bakteriya turlari va sonining ko’payib borishi. 
3. Bemor immunitetining turli dori-darmonlar ta’sirida pasayishi. 
4. Sanitariya rejimning buzilishi, bemorlarning tibbiyot xodimlari va tibbiy 
apparatlar bilan muloqotining ko’payishi. Bular natijasida mikroblarning 
shifoxonada joylashib qolishiga imkoniyat yaratiladi. Shifoxonalarda kasallik 
yuqishi turli xil muolajalar natijasida ro’y beradi. Bunda bakteriyalar faqatgina 
immuniteti past bo’lgan bemorlarda kasallik chaqirmasdan, balki immuniteti 
yuqori bo’lgan bemorlarda ham kasallik chaqirishi mumkin. 
SHIYUK qo’zg’atuvchilari geterogen bo’lib, ular vaqt o’tishi davomida 
o’zgaruvchandir. Bu o’zgarishlar tez-tez bo’lib turadi, bunda mikroblarning ba’zi 
turlari yo’qolib boshqa turlari paydo bo’ladi. Shuning uchun ularga qarshi chora-
tadbirlarni ishlab chiqish uchun kasallik qo’zg’atuvchisining har bir turini chuqur 
o’rganish kerak. 
SHIYUK paydo bo’lishining asosiy sabablari 2 ga bo’linadi: 
Ob’ektiv va sub’ektiv sabablar. 
Ob’ektiv sabablar: 
1 .Zamon talabiga javob bermaydigan shifoxonalarning mavjudligi. 
2. Stafilokokk bakteriya tashuvchiligiga qarshi samarali chora-tadbirlarning 
yo’qligi. 
3. Shifoxonalarda bakteriologik laboratoriyalarning kamligi va ular faoliyati 
samaradorligining pastligi. 
4. Tibbiyotda va chorvachilikda antabiotiklarning keng ishlatilishi. 
5. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligi oshishi. 
6. Immuniteti past bo’lgan shaxslar sonining ko’payishi. 
7. Tibbiy yordamga murojaat qiluvchilar sonining ortib borishi. 
8. Operatsiyalar va tibbiy muolajalar turli xillarining ko’payishi va ularning 
murakkablashuvi. 
Sub’ektiv sabablar: 
1. Vrachlar va o’rta tibbiyot xodimlari profilaktik choralarni qo’llashga 
tayyorgarligining pastligi. 
2. SHIYUKni o’rganish uchun amaliy qo’llanmalarning kamligi. 
3. Sanitariya va epidemiologik nazoratning ko’ngildagidek emasligi. 
4. Ayrim tibbiyot uskunalarini va apparatlarini sterilizatsiya qilish qiyinligi. 
5. Bemorlar orasida va bemor bilan tibbiyot xodimi orasidagi muloqotning 
ko’payishi. 
6. Tibbiyot xodimlari orasida bakteriya tashuvchilikning mavjudligi. 
7. SHIYUKni hisobga olish va hisobot berishning ta’minlanmaganligi. 


193 
8. Davolash muassasalarining o’rta va kichik tibbiyot xodimlari bilan to’liq 
ta’minlanmaganligi. 
9. Tibbiyot asboblarini sterilizatsiya va dezinfeksiya qilish sifatining pastligi. 
10. Shifoxonalarda SHIYUK namoyon bo’lishini o’z vaktida DSENMga xabar 
bermaslik. 
11. SHIYUK tarqalganligi haqida ko’pgina tibbiyot xodimlarining xabari 
yo’qligi. 
Oxirgi bir necha yil davomida tug’ruqxonalarda turli xil toksikoseptik va 
yuqumli kasalliklar soni o’sib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan 
tug’ruqxonalarni sanitariya texnik ahvolining yomonligi, akusher-ginekologlar, 
chaqaloqlar pediatrlar, epidemiologlar, o’rta va kichik tibbiyot xodimlari 
tug’ruqxonalarni tashkil etish, chaqaloqlarga shoshilinch tez yordam ko’rsatish 
bo’yicha yetarli darajada tayyorlanmaganligi, sanitariya va epidemiologik hamda 
dezinfeksiya rejimining saqlanmasligidir. Bundan tashqari tug’ruqqa yordam 
muassasalari suv va kanalizatsiya bilan to’liq ta’minlanmagan, issiq suv yetarli 
emas, chaqaloqlar, chillalik va tug’ayotgan ayollar steril materiallar bilan 
ta’minlanishida uzilishlar bo’lib turadi. 
Tibbiyot xodimlarining bakteriya tashuvchanlikka to’liq va o’z vaqtida 
tekshirilmasligi, bakteriya tashuvchilarining ishdan chetlatilmasligi, profilaktik 
tozalash ishlari sifatsiz va vaqtida qilinmasligi kabi omillar SHIYUK paydo 
bo’lishiga va tarqalishiga sabab bo’ladi. 
Tug’ruqxona havosida bakteriyalarning me’yoridan ko’pligi, u yerda 
sanitariya va epidemiologik rejimning qo’pol ravishda buzilayotganini ko’rsatadi. 
Epidemiologik tekshirishlarning ko’rsatishicha SHIYUKlarining asosiy 
etiologik omili bo’lib shartli-patogen bakteriyalar hisoblanadi, kasallik 
qo’zg’atuvchilarining manbai bo’lib chillalik ayollar va tibbiyot xodimlari 
hisoblanadi. 
Shartli-patogen bakteriyalarning shifoxonalarda tarqalishining omillari bo’lib 
chaqaloqlar uchun tayyorlangan sterillanmagan suv, bog’lov materiallari, chillalik 
va tug’uvchi ayollar hamda tibbiyot xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga 
amal qilmasligidir. 
Tug’ruq muassasalarida yuqumli va toksiko-septik kasalliklarining oldini 
olish uchun yuqori tashkilotlar tomonidan mutaxassislarning ishchi guruhlari 
tuziladi. Bu ishchi guruhlarga akusher-ginekolog, pediatr, epidemiolog, sanitariya 
vrachi va yuqumli kasalliklar vrachi kiradi. Bu guruhlar tug’ruq muassasalarida 
sanitariya, epidemiologik va dezinfeksiya rejimining bajarilishini kuzatib 
borishadi. Bu rejimni buzish hollari sodir bo’lganda kasallikni yo’qotishga 
qaratilgan shoshilinch choralar ko’rish kerak. 
Tug’ruqxona tekshirilganda asosan ayollarni ko’rish xonasi, tug’ish palatalari, 
chala tug’ilgan bolalar bo’limi, tuqqandan keyingi palatalar, bu xonalarning turli 
asbob uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanganligi ko’riladi. 
Har bir namoyon bo’lgan toksiko-septik, yiringli va yuqumli kasalliklarni 
yuqumli kasalliklar ro’yxati jurnaliga qayd qilinib, DSENMga shoshilinch xabar 
berish kerak, har oyda yuqoridagi tashkilotlarga hisobot berilishi kerak. 


194 
Tug’ruqxonalar tarkibida quyidagi xonalar bo’lishi kerak: tug’ish oldi 
palatasi, tug’ish palatasi, chaqaloqlarni yuvish xonasi, kirlarni vaqtinchalik saqlash 
xonasi, yo’ldoshni vaqtinchalik saqlash xonasi, tozalash buyumlarini saqlash 
xonasi. Ikkita tug’ish zali bo’lganda, ular galma-gal ishlatiladi. Har bir zal 1-2 kun 
davomida ishlatilishi kerak, so’ngra u yerda tozalash o’tkaziladi. 
Tug’ish vaqtida ayolda sterillangan kiyim bo’lishi kerak, 1-marta 
ishlatiladigan doyalik yig’masidan foydalanish kerak. Chaqaloqlar uchun 
ishlatiladigan asboblar, pelyonkalar va boshqa materiallar ham steril bo’lishi shart. 
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun palataning hajmi har bir chaqaloqga 3,0 m
2

chala tug’ilgan bolalar uchun 4,5 m
2
bo’lishi kerak. 
Har oyda tug’ruqxonaning epidemiologik holati haqida tuman tibbiyot 
kengashida axborot beriladi, topilgan kamchiliklar yuzasidan ko’rilgan chora-
tadbirlar tahlil qilinadi. Har bir namoyon bo’lgan toksiko-septik va yuqumli 
kasallik haqida yuqoridagi tashkilotlarga xabar berish zarur. Tashkil etilgan ishchi 
guruh tug’ruqxonalar ustidan nazorat qilib boradi, kamchiliklar topilganda tibbiyot 
kengashida muhokama qilinadi va chora-tadbirlar ko’riladi, tug’ruq muassasalarini 
profilaktik tozalash grafigi ishlab chiqiladi. Moslashtirilgan tug’ruq muassasalarida 
profilaktik tozalash 2 oyda 1-marta yoki 3 oyda 1-marta o’tkaziladi. Buning 
oldidan tug’ruqxona 7-kunga butunlay bo’shatiladi va chaqirtirilgan dezinfeksiya 
brigada hamma xonalarning oynalari, devorlari, eshiklarini va boshqa joylarni 
ishlovdan chiqaradi. 
Shifoxonada yiringli kasalliklar va operatsiyadan keyingi asoratlar paydo 
bo’lishining asosiy qo’zg’atuvchisi patogen stafilokokkdir. Jarrohlik bo’limida 
kasallik manbai bo’lib bemorlar va tibbiyot xodimlari orasidagi patogen 
stafilokokk tashuvchilar va yiringli kasalliklar bilan og’riydigan bemorlar 
hisoblanadi. Stafilokokk bakteriyasi quyosh nuri ta’sirida 4-5 soatdan keyin o’ladi, 
turli kimyoviy moddalarga chidamsizdir, ular asosan havo-tomchi va muloqot yo’li 
bilan yuqadi. 
Shuning uchun operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olishning asosiy 
yo’li bu sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini qo’llashdir. Bunda asosiy e’tibor 
kasallik manbasini va yuqtirish omillarini zararsizlantirishga qaratilmog’i kerak. 
Jarrohlik zallarida bakteriosid lampalar va bakteriosid filtr o’rnatilgan ventilyatsiya 
bo’lishi shart. 
Jarrohlik bo’limida havodagi bakteriyalar sonini kamaytirish uchun havo 
tozalagichlar bo’lishi kerak. Yiringli va toza jarrohlik xonalari alohida bo’lishi 
shart, bo’lmasa yiringli operaciyalar uchun alohida kun belgilanishi kerak. 
Jarrohlar, jarrohlik hamshiralari va operatsiyada ishtirok etadigan barcha 
shaxslar, jarroh xonasiga kirishdan oldin barcha kerakli sanitariya-gigiyenik 
qoidalarni bajarishlari lozim, operatsiya uchun kerak bo’ladigan barcha uskunalar 
zararsizlantirilgan bo’lishi shart. Ish latilgan uskunalar va bog’lov materiallari 
alohida idishga yig’iladi. Yiringli va toza bog’lov xonalarini ajratish zarur, agar 
bog’lov xonasi 1 ta bo’lsa, u holda yiringli bog’lovlar toza bog’lovlardan so’ng 
o’tkaziladi, keyin esa xona va asboblar zararsizlantiriladi. Bog’lov xonalarida 
ishlovchi vrachlar, hamshiralar xalat, maska va qalpoqlarini har kuni 


195 
almashtirishlari zarur, bog’lovdan so’ng qo’llarini zararsizlantirishlari shart. 
Jarrohlik bloklari, operatsiyadan keyingi palatalar, bog’lov xonalari, reanimatsiya 
bo’limi kuniga 2-marotaba dezinfeksiyalovchi suyuqlik bilan artilishi shart. 
Jarrohlik bloki va bog’lov xonalarida haftasiga 1-marotaba umumiy tozalash 
o’tkazilishi kerak. 
Hozirgi vaqtda shifoxonalarda salmonellyozlar namoyon bo’lishi 
kuzatilmoqda. Bu kasallik asosan bolalar shifoxonalarida, tug’ruq muassasalarida 
namoyon bo’lmoqda. Bunga asosiy sabab epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga 
rioya qilmaslik va sanitariya-gigiyenik qoidalarni buzish hisoblanadi. 
Shifoxonalarda salmonellyoz bilan kasallanishda asosan salmonella 
tifimurium serovarining "Gospital shtammlari" chaqirmoqda. Bu serovar asosan 
odamlar orasida maishiy-muloqot yo’li bilan tarqaladi, antibiotiklarga va 
dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli bo’ladi. 
Salmonellalar shifoxonaga turli yo’llar bilan tushadi. Asosan shifoxonaga ich 
buzilishi bilan kelgan bemor orqali, bolalarni parvarish qilayotgan onalar orqali 
hamda tibbiyot xodimlari orqali tushishi mumkin. 
Shifoxonaga tushgan bakteriyalar antibiotiklar va turli xil dezinfektantlar 
ta’siriga chidamli shifoxonaning yangi shtammlariga aylanadi va ular maishiy 
muloqot yo’li orqali boshqa bemorlarga tarqalishi mumkin. Bunda tibbiy 
xodimlarning bemorlarni parvarish qilishga alohida e’tibor berish kerak. Tibbiy 
xodimlar parvarish vaqtida salmonellalarni qo’llari, xalatlari yordamida 
tarqatadilar, ya’ni bir bemorni ko’zdan kechirgandan so’ng qo’llarini 
zararsizlantirmasdan boshqa bemorni parvarish qilishga o’tadilar. Bolalarni 
parvarish qilayotgan onalar ham boshqa bemorlar bilan muloqotda bo’ladilar va 
ular ham bakteriyalarni tarqatishlari mumkin. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling