Epidemiologiyadan
Menigokokkli kasalliklar profilaktikasi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidemiologik nazorat
Menigokokkli kasalliklar profilaktikasi
100000 aholiga 2,0 va undan ortiq kasallik ko’rsatkichi to’g’ri kelgan hududlarda A va S seroguruhga kiruvchi polisaxarid menigokokk vaksinasi qo’llaniladi. Emlashlar kasallikni yuqtirishga o’ta moyil guruhlarda o’tkaziladi: - turli joylardan kelib o’qiydiganlar va yotoqxonada turadiganlar (institut, texnikum, vaqtincha ishlovchilar); - 5 yosh va undan katta doimiy bir-birlari bilan muloqotda bo’luvchilar (bolalar uyi, maktab-internat); - yozgi lager, dala-hovlilarga ketayotgan bolalar ketishdan 2 hafta oldin vaksinatsiya qilinishi lozim, vaksinatsiya 3 yilda 1 martadan ortiq bo’lmasligi kerak. Teri ostiga bolalarga 25 mkg miqdorida yuboriladi. 5-8 yosh - 25 mkg (0,25 ml), 9-13 yosh - 50 mkg (0,5 ml), kattalarga 75 mkg (0,75 ml), emlanganlardagi mahalliy o’zgarishlar 2 kundan keyin yo’qolib ketadi. 30% emlanganlarda 6-8 soatdan keyin 37,1-37,5°S gacha tana harorati ko’tarilishi mumkin va u bir sutkadan keyin o’z holiga keladi. Emlash o’tkazish uchun kasallikning etiologik holatini bilish kerak. Epidemiologik nazorat Meningokokk infeksiyasining epidemiologik nazoratining maqsadi bo’lib, o’lim ko’rsatkichlarini kamaytirish va epidemik jarayonning rivojlanish tendensiyasini baholash asosida xavfli guruhlarda kasallanish ko’rsatkichlarini 190 pasaytirish hisoblanadi. Retrospektiv va operativ epidemiologik tahlil o’tkazishda quyidagi holatlar hisobga olinadi: 1. Kasallanish ko’tarilishi har doim 1 yoshgacha bolalar kasallanishi bilan, ba’zi hollarda esa, ayniqsa epidemiyaning boshlanishida shaharlardagi uyushgan kollektivlarga kelgan yoshlar ham kasallanadi (oliy o’quv yurtlariga kelganlar va boshqalar). Shuning uchun barcha hududlarda har yili 1 yoshgacha bolalar orasida kasallanish o’sishining darajasi aniqlab boriladi. O’lim darajasining ko’zga ko’rinarli tarzda o’sishi noqulay prognostik belgi hisoblanadi. Xuddi shu tarzda (o’sishi) 15 yoshgacha va undan kattalarda aniqlanadi. Bunda ularni shaharlarga kelishi va uyushgan jamoalarga qo’shilishi hisobga olinadi. 2. Menigokokk infeksiyasining tarqalgan shakli bilan aholining shikastlanishi kelgusi yilda kasallanish o’sishining noyabr-dekabr oylarida sentabr bilan taqqoslaganda (o’sish indeksi) qisqaligi tufayli aniqlanadi. 3. Epidemik jarayonni kuzatib borish uchun aholining tanlab olingan yetarli reprezentativ indikator guruhlarida tashuvchilikni doimiy o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Materialni 2 marta sentabrda va noyabr-dekabr oylarida olinadi. Avgust va dekabr oylarida qon topshiruvchilar - donorlar zardobining immunologik ko’rsatkichlarini doimiy kuzatib borish yaxshi natija beradi. Antitelolar darajasining o’sishi bo’lajak epidemik ahvolni baholashga imkon beradi. Epidemik ahvolni baholash asosida u yoki bu epidemiyaga qarshi chora- tadbirlarni o’tkazishning kundalik va perspektiv qarorlari ishlab chiqiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling