Epidemiologiyadan
MAVZU 22. QORA OQSOQ (BRUSELLEZ) NING
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot uchun ma’lumot
MAVZU 22. QORA OQSOQ (BRUSELLEZ) NING
EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 1. Mashg’ulotning maqsadi: Brusellez etiologiyasi, epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik nazoratini o’rganish. 2. O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashgulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi. Z.Talabalar quyidagilarni bilishi zarur: 3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, tasnifiy holati va epidemiologik ahamiyati. 3.2. Epizootik jarayon rivojlanish mexanizmi. 3.3. Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi va ko’rinishlari. 3.4. Kasallik profilaktikasini. 4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma: 4.1. Profilaktik tadbirlar samaradorligi va sifatini baholash. 4.2. Epidemiologik tahlil asosida kasallanishni va epidemik jarayon ko’rinishlarni tahlil etishni. 5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 5.1.Kirish. 5.2. Mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish. 5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish. 5.4. Brusellez epidemiologiyasi va profilaktikasini muhokama qilish. 6. Talabalarning mustaqil ishi: 6.1. Brusellezga qarshi emlash rejasini tuzish Axborot uchun ma’lumot Brusellez turli-tuman belgili, zoonoz, yuqish yo’llari xilma-xilligi hamda surunkali kechishga moyilligi bilan xarakterlanuvchi yuqumli kasallikdir. Etiologiyasi Brusellezni brucellalar guruhiga mansub bakteriyalar keltirib chiqaradi. Asosiy xo’jayin qaysi hayvon turiga mansubligiga qarab brusellalarning 6 ta turi tafovut qilinadi. Br.melitensis - mayda shoxli mollardagi brusellez qo’zg’atuvchisi, inson uchun yuqori patogen hisoblanadi; Br. abortus - qoramollar brusellezi qo’zg’atuvchisi, kishilarda nisbatan yengil klinik ko’rinishli kasallikni keltirib chiqaradi; Br.suis - cho’chqalar brusellezi qo’zg’atuvchisi, kishilarda kamdan-kam hollarda kasallikka sababchi bo’ladi; Br.canis - itlarda brusellez qo’zg’atuvchisi, bu turi ma’lum sharoitlarda kishilarda kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Br.neotomae Lepida Thomas - sahro kalamushlaridan ajratilgan, inson uchun patogenligi aniqlanmagan. Br.melitensis 3 ta biotipdan, Br. abortus 9 ta, Br.suis 5 202 ta biotipdan iborat. Brusellalar kichik o’lchamli, dumaloq, oval, ba’zan tayoqchasimon, grammmanfiy bakteriyalardir. Ular ma’lum sharoitlarda L - shaklga o’tib o’zgaruvchanlik xususiyatiga egadirlar. Past harorat va namli muhitga chidamli. Suvda - 90, sutda - 10-16, pishloqda - 45-60, sigirlar siydigida - 4, go’ngda - 120, nam tuproqda - 72, jun va terida 120 kungacha tirik qolishi aniqlangan. Musbat 60°S haroratda 30 minut, 80 0 S haroratda 5 minut mobaynida, qaynatilganda esa shu zahotiyoq halok bo’lishi kuzatilgan. Odatdagi dezinfeksiyalovchi vositalar ham brusellalarga halokatli ta’sir ko’rsatadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling