Epidemiologiyadan


Epizotik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Epizotik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi 
Ko’zg’atuvchi manbai turli qishloq xo’jalik hayvonlari, avvalo, qo’y-echkilar, 
sigirlar, cho’chqalar hisoblanadi. Kasallangan hayvonlar ko’zg’atuvchisini sut, 
siydik, najas va homila oldi suyuqliklari orqali butun kasallanish davri mobaynida 
ajratib turishadi. 
Brusellez infeksiyasining asosiy manbalaridan tashqari, turli tuyoqli yovvoyi 
va ovlanadigan hayvonlar, kemiruvchilar, qushlar hamda ularning ektoparazitlari 
ham brusellalar bilan zararlanganliklari aniqlangan. 
Ma’lum shart-sharoitlarda brusellalar biologik moslashgan obligat 
xo’jayinlardan boshqa turdagi hayvonlarga ham migratsiya qilishlari mumkin. Bu 
hol ko’pincha har xil turdagi hayvonlar aralash saqlangan yoki boqilganida 
kuzatiladi. Br.melitensis turining qoramollarga migrasiyasi katta xavf tug’diradi. 
Brusellez infeksiyasiga qorako’l qo’ylari eng beriluvchan hisoblanadi. Qo’ylar 
orasida brusellez o’tkir epizootiya shaklida kechib, ommaviy abortlarga sabab 
bo’ladi. Shu davrda tashqi muhitga katta miqdordagi brusellalar ajraladi hamda 
kasallangan hayvon bilan umumiy hududda joylashgan odamlar va hayvonlarning 
kasallikni yuqtirishlari uchun qulay sharoit tug’iladi. 
Chorvachilikda veterinariya xizmatiniig past saviyasi, hayvonlar o’rtasidagi 
brusellezning o’z vaqtida diagnoz etilmasligi bu infeksiyaning chorva mollari va 
ularga qarovchilar o’rtasida keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Qo’ychilik 
xo’jaliklarida zararlangan va kasallangan kishilar soni anchagina yuqori, bu hol 
kasallik o’chog’i faolligiga bevosita bog’liqdir. Kasallik o’chog’i faolligi 
tuShunchasi qo’zg’atuvchi turi va virulentligi, hayvonlarning zararlanganlik 
darajasi, ulardagi kasallik klinik ko’rinishlari tabiati, ishlab chiqarish sharoitlari 
hamda xo’jalik tipini o’z ichiga oladi. 
Infeksiyaning organizmga kirish darvozasi ovqat hazm qilish trakti, 
jarohatlangan teri qoplamlari, nafas yo’llaridan iborat. Shunga ko’ra ishlab 
chiqarish jarayonlari va maishiy sharoitlarga qarab infeksiya yuqishi alimentar, 
muloqot va aspiratsion yo’llar bilan sodir etiladi. Ayniqsa, aralash yuqish yo’llari 
katta ahamiyatga egadir. Qo’ychilik xo’jaliklarida muloqot yuqish yo’li asosiy 
hisoblanadi. Qo’zilatish mavsumida qo’ylarni parvarishlash, tug’dirish, qorako’l 
qo’zichoqlarning terisini ajratish, jun qirqish, qo’ylarni so’yish va go’shtini 
nimtalash jarayonlarida, ba’zan esa go’shtni yetarlicha pishirmasdam (kabob) 


203 
iste’mol qilinganida infeksiya yuqishi mumkin. Odatda kasallik mayda shoxli 
mollardan yuqqanida nisbatan qisqa yashirin davr va klinik jihatdan 
kasallanishning o’tkir boshlanishi kuzatiladi. 
Qoramollar brusellez o’choqlarida esa alimentar va alimentar-muloqot yuqish 
yo’llari asosiydir. Yetarlicha qaynatilmagan sutni iste’mol qilish, sigirlarni 
parvarishlash, sog’ish, tug’dirish, molxonalarni tozalash jarayonlarida infeksiya 
yuqadi, bu holda yashirin davr nisbatan uzoqroq va kasallik sekin rivojlanadi. 
Ko’pincha sut-tovar fermalari xodimlari, sut qabul qilish punktlari, sut zavodlari 
ishlovchilari, shaxsiy sigir saqlovchilar hamda sut mahsulotlarini ko’proq iste’mol 
qiluvchilar (masalan bolalar muassasalaridagilar) kasallanishadi. 
Aralash tipdagi xo’jaliklarda qo’y-echkilardan Br.melitensis qoramollarga 
migratsiya qilgan holatlarda kishilarning kasallanishi qo’ychilik xo’jaliklarigidek 
tarzda kechadi.
Kishilarning brusellezga moyilliklari yuqori bo’lib, jinsga va yoshga bog’liq 
emas, faqatgina qo’zg’atuvchisi qaysi turga mansubligi ahamiyatlidir. Qoramollar 
brusellezi o’chog’ida kasallikni yuqtirganlarning 20 tadan 1 tasi, qo’y-echkilar 
brusellezi o’chog’ida yuqtirganlarning esa barchasi kasallanishadi. Postinfeksion 
immunitet odatda 6-9 oy davom etadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling