Epidemiologiyadan
Epizootik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Epizootik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi. Quturish kasalligi
qo’zg’atuvchisi yovvoyi hayvonlar (tabiiy o’choq) va uy hayvonlari (antropurgik o’choqlar) o’rtasida doimiy aylanib yurishi hisobiga tabiatda mavjud bo’lishi mumkin. Dunyoning deyarli barcha hududlarida tabiiy quturish hollari turli hayvonlar turlari ishtirokida doimiy kuzatilib turadi (Evropada - qizil tulki, Amerikada -peses, koyot, skuns, enot, ko’rshapalak, O’rta Sharqda - bo’ri, Afrikada - chiya bo’ri). Agar odam qo’zg’atuvchining sirkulyatsiya jarayoniga faol ravishda aralashmasa, virus antropurgik o’choqlarda uzoq vaqtlar saqlanishi mumkin. Virus sut emizuvchilarning ko’pchilik turlariga patogen hisoblanadi. Shuning uchun tabiiy va antropurgik o’choqlarda turli hayvonlar - bo’rilar, chiya bo’rilar, tulkilar, enot itlari, itlar, muhhuklar, yirik va mayda shoxli mollar zararlanishi mumkin. Lekin itsimonlar turiga kiruvchi hayvonlar epizootik jarayonni shakllantirishda yetakchi o’rinni egallaydi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, itsimonlar turi to’da holda hayot kechirishadi va turlararo munosabatlar ko’pincha talashish, jarohatlanish bilan kuzatiladi. Hayvonlar so’lagida virus kasallik alomatlari yuzaga chiqishdan 5 kun burun paydo bo’ladi va kasallikning butun klinik davri mobaynida mavjud bo’lib turadi, klinik davr esa kamdan-kam hollarda 5 kundan ortiq davom etadi va hamisha o’lim bilan tugaydi. Shunday qilib, hayvonlar hayotining taxminan oxirgi 10 kunida yuqumli hisoblanadi. Turli hayvonlar so’lagida virusning bo’lishi va konsentratsiyasi bir xil emas. Kasal bo’ri so’lagida virus 90-100% hollarda aniqlanadi. Tulkilarda esa 75-87%, itlarda - 75%, sigirlarda esa - 45-47% hollarda virusni aniqlash mumkin. Itsimonlar so’lagida yuqori konsentratsiyada gialuronidaza fermenti bo’lib, u virusning to’qimaga kirishi xususiyatini oshiradi. Bemor odam tabiiy sharoitlarda epidemiologik ahamiyatga ega emas. Tailandda gidrofobiyadan o’lgan odamlar ko’zini shox pardasini ko’chirib o’tkazish operatsiyalari natijasida bir nechta 198 kasallik yuqish hollari qayd etilgan. Shuningdek, bemorlarni parvarishlash jarayonida ma’lum xavfsizlik choralarini qo’llash, ehtiyot bo’lish zarur. Odatda odam quturgan hayvonlar jarohatlashi, tishlashi yoki ko’proq hollarda ularning so’lagi tegishi natijasida kasallikni yuqtiradi. Yashirin davr shtammning virulentligiga, tishlangan joyiga va uning hajmiga bog’liq. Yuz, bosh, bo’yin va qo’l barmoqlaridagi jarohatlar ko’proq xavfli. Jarohatning bunday joylashishida yashirin davri qisqa bo’ladi (bir necha kun - 10 kun va undan yuqoriroq). Organizmning pastki qismlari jarohatlarida, ayniqsa yuzaki yoki so’lak tegishidan iborat bo’lsa yashirin davr bir necha oyga cho’ziladi. Virus bir qancha muddat organizmga kirgan joyida bo’ladi (turli mualliflar ma’lumotlariga ko’ra bir necha soatdan - 6 kungacha). So’ngra u markazga intiluvchi harakatlanib, dorsal koreshok gangliyalarida nerv tolalari bo’ylab tarqaladi, bosh miyaning kulrang moddasiga boradi va neyronlarda ko’payadi. Yuqishning muloqot mexanizmi orqali bo’lishi virusning markazdan qochuvchi nerv tugunlari va so’lak bezlari kanalchalarida ko’payishi hamda to’planishi hisobiga amalga oshadi. So’lak bezlari yo’llariga virusning chiqishi, uning so’lak orqali tishlash jarayonida yuqishini ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash joizki, qutirgan hayvon tishlagan har bir odam ham kasallanavermaydi. Qutirgan itlar tishlaganlardan taxminan 30%i, bo’rilar tishlaganidan 45 %i kasallanishadi. Bu avvalo jarohatga tushgan infeksiya miqdori bilan belgilanadi. Bu esa o’z navbatida jarohatlangan joyga va uning hajmiga bog’liq. Ma’lumotlarga ko’ra, quturgan hayvonlar yuzdan tishlaganida gidrofobiya o’rtacha 90% hollarda, qo’l va barmoqlari jarohatlanishida 63%, qo’l va oyoqlarni proksimal qismlarini tishlaganda 23% hollarda kuzatiladi. Shtammlarning virulentligi turlicha bo’lib, bu ham kasallanishga ta’sir etadi. Ayniqsa, bo’ri shtammlari xavflidir. Bolalar kattalarga nisbatan infeksiyaga o’ta moyil bo’ladilar. Quturishning tabiiy o’choqlari Avstraliya, Okeaniya va Antraktidadan boshqa hamma joylarda uchraydi. Antropurgik o’choqlarning ahamiyati dunyo miqiyosida ancha pasayib ketdi. Lekin O’zbekistonda uysiz-daydi itlar ko’p bo’lgani uchun antropurgik o’choqlar ahamiyati kattadir. Quturish bilan kasallanish asosan quyidagilarga bog’liq: 1) antirabik yordam uchun murojaat qilmaslik; 2) jarohatlanganlarning antirabik yordam uchun kech murojaat qilishlari bilan; 3) emlash paytida rejimning buzilishi; 4) immunizatsiya siklining tugallanmaganligi. Taxminan 60% kasallanganlar kasal hayvon bilan muloqotda bo’lgandan keyin umuman tibbiyot muassasasiga murojaat qilmagan. Kasallanganlar orasida erkaklar taxminan 75%ni tashkil etishadi, bu ularning xo’jalik faoliyatlari va tabiiy o’choqlar bilan ko’p duch kelishi ehtimolligiga bog’liq. Kasallik odatda kichik yoshdagi bolalarda (4 yoshgacha) uchramaydi. Bunga sabab ularning yovvoyi va daydi hayvonlar bilan kam muloqotda bo’lishlaridadir va aksincha, bunday 199 muloqotlarning epidemiologik ahamiyati 4-14 yoshdagi bolalarda (2,5% atrofida) hamda faol mehnat yoshidagilarda - 20 dan 50 yoshgacha (50%dan yuqoriroq) oshadi. Odamlarning gidrofobiyani yuqtirishlari va ularning kasallanishi asosan turlicha bo’ladi. Yovvoyi hayvonlar va uy hayvonlaridan yuqtirishda mavsumiylik turlicha bo’ladi. Yovvoyi hayvonlar bilan muloqot yozda, uy hayvonlari bilan muloqot esa yil davomida kuzatiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling