196
MAVZU
21.
QUTURISHNING
EPIDEMIOLOGIYASI,
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi:
Quturishning etiologiyasi,
epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik
nazoratini o’rganish.
2.O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish.
Amaliy
mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi.
3.Talabalar quyidagilarni bilishi zarur:
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, tasnifiy
holati va epidemiologik
ahamiyatini.
3.2.Epizootik jarayon rivojlanish mexanizmini.
3.3.Tabiiy va antropurgik o’choqlarni.
3.4.Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi, omillari va ko’rinishlari.
3.4.Antirabik emlash kursini.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma;
4.1. Profilaktik tadbirlar samaradorligi va sifatini baholashni.
4.2.Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni va epidemik jarayon
ko’rinishlarini tahlil etishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1.Kirish.
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish.
5.4. Shartli va to’liq antirabik emlash kursini, jarohat
sodir qilgan hayvonlar
toifasini muhokama qilish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
Quturishga qarshi tuman sanitariya epidemiologiya nazorati markazining
yillik ish rejasini tuzish.
Axborot uchun ma’lumot
Quturish
zoonoz tabiatli, o’ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiruvchi, o’tkir
virusli yuqumli kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchining
kontakt mexanizm orqali
yuqishi, markaziy asab tizimining shikastlanishi va o’lim bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: