Epidemiologiyadan
Epidemik jarayon ko’rinishlari
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Epidemik jarayon ko’rinishlari
Brusellez barcha joyda tarqalgan, lekin kasallanish holati chorvachilik qay darajada rivojlanganligiga, xo’jalik tipiga, qo’zg’atuvchining turiga, epizootik o’choq faolligi va hajmiga, veterinar-sanitariya xizmat saviyasiga, chorvachilikning industrializatsiya darajasiga bevosita bog’liqdir. Qo’y-echkilar brusellezi o’choqlarida ko’pincha guruhli kasallanishlar kuzatiladi. Bunday o’choqlarda kasallanishga ikkita mavsumiy o’sish xosdir: dastlabki o’sish yanvar-mart oylariga to’g’ri keladi va ommaviy qo’zilatish mavsumi bilan bog’liqdir, ikkinchi o’sish esa may oylarida bo’lib, qo’ylar junini qirqish, taxtlash jarayonlarida yuqish natijasidir. Qo’y sutidan tayyorlangan brinzani iste’mol qilinadigan hududlarda uchinchi yozgi-kuzgi ko’tarilish ham qayd etiladi, bunda ko’pincha shaharliklar kasallanishadi. Qoramollar brusellezi o’choqlarida aksariyat sporadik kasallanish kuzatiladi va ma’lum darajadagi o’sish bahorda - sigirlar ommaviy tug’adigan davrda qayd etiladi, Shundan so’ng qisman pasayib butun laktatsiya mavsumi oxirigacha, ya’ni noyabr oyigacha bir me’yorda saqlanib turadi. Kishilar kasallanishining kasallangan hayvonlar va ularning mahsulotlari bilan epidemiologik bog’liqligi brusellezga yaqqol kasbiy (professional) tus beradi. Kasallangan kishilar orasida katta yoshlilar ko’pchilikni tashkil etishadi, lekin brusellez keng tarqalgan mintaqalarda bolalar kasallanishi ham tez-tez uchrab turadi. 204 Profilaktikasi Brusellezning oldini olish uchun veterinariya-sog’lomlashtirish, xo’jalik va tibbiy-sanitariya tadbirlari kompleks tarzda olib boriladi. Qishloq xo’jalik hayvonlarini brusellezdan muhofaza qilish tizimi xo’jaliklarga brusellez bilan kasallangan mollar tashqaridan kirib qolishining oldini olishga va kasallik qayd etilgan xo’jaliklarni sog’lomlashtirishga asoslangandir. Shu maqsadda hayvonlar o’rtasida diagnostik tekshiruvlar (serologik, bakteriologik), kasallangan hayvonlarni go’shtga topshirish, abortning qat’iy hisobi, chetdan (xo’jalikdan tashqaridan) keltirilayotgan mollarni veterinariya guvohnomasi asosida qabul qilish, ularni 1 oy muddatga karantinda saqlash, Shu vaqt ichida serologik tekshiruvdan o’tkazish, Shuningdek, sanitariya-dezinfeksion, xo’jalik-tashkiliy va mollarni brusellezga qarshi emlash kabi tadbirlar kompleksi muntazam amalga oshirilishi zarur. Tibbiy-sanitariya tadbirlari kishilarga kasallik yuqib qolishining oldini olishga qaratilgan individual himoyadan va qo’y-echkilar brucellyozini yuqtirish xavfi yuqori professional guruhlar o’rtasida emlash o’tkazishdan iboratdir. Emlanishi mo’ljallanayotgan kishilar avvalo klinik-laboratoriya, jumladan, serologik va allergik tekshiruvlardan o’tkaziladi. Seroallergik sinamalarga manfiy reaksiya ko’rsatuvchilargagina emlashga ruxsat etiladi. Yangidan ishga qabul qilinayotgan shaxslar vaksinatsiyadan keyin 3-4 hafta o’tgach ishga qo’yiladilar. Revaksinatsiya 1 yildan keyin manfiy reaksiya ko’rsatuvchilarga qilinadi. Brusellezga qarshi emlash 18 yoshdan boshlab o’tkazilishi mumkin. Kasallangan kishilarni erta aniqlash maqsadida professional guruhlar dispanser nazoratiga olinib muntazam ravishda profilaktik tibbiy ko’rikdan o’tkazib turiladilar. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling