Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Geogelmintozlar 
1. Askaridoz, trixotsefalyoz. Askaridoz mikroo’chog’ining haqiqiy va yolg’on 
o’choqlari farqlanadi. Askaridaning rivojlanishi uchun sharoit bo’lgan joylar: 
bolalar bog’chasi, maktab, shaxsiy hovlisi bo’lgan joylar haqiqiy o’choqlar 
hisoblanadi. Askaridozli bemor bo’lsa-yu, lekin askaridaning rivojlanishi uchun 
sharoit bo’lmasa, u yolg’on o’choq hisoblanadi. O’choqlar intensivligiga qarab 
ham bo’linadi. Intensiv o’choq deb, zararlanish 30% va undan ortiq bo’lgan aholi 
punktlariga aytiladi. 20 % zararlanish bo’lgan joylar o’rtacha intensivlikdagi 
o’choqlar hisoblanadi. Askaridoz o’chog’idagi ishni sanitariya-epidemiologiya 
tekshiruvi va aholi punktlarida pasportizatsiya ishlari bilan boshlash kerak


213 
joylarning sanitariya holatini aniqlab sog’lomlashtirish ishlari olib borish kerak. 
O’choqda doimiy nazorat o’rnatilishi kerak, har kvartalda bir marta pasportizatsiya 
o’tkazish kerak. O’choqni 3-6 yilgacha kuzatib turish lozimdir. Aniqlangan 
bemorlarni tezda degelmintizatsiya qilish va DSENM kuzatuvi ostida barcha 
aholiga sanitariya chora-tadbirlar va profilaktik davolash o’tkazilishi kerak. 
Intensiv o’choqlar, ya’ni zararlanish 80 % va undan yuqori bo’lgan joylarda 
askaridozga qarshi kurash 3 bosqichdan iborat. 
1-bosqich. O’choqda hamma aholini yilda 2 marta degelmintizatsiya, 
birinchisi mavsum boshida (bahorning oxiri yozning boshlanishi) o’tkaziladi, 
ikkinchisi esa zararlanish mavsumining oxirida (kech kuz, qishning boshlanishi) 
qilinadi. Mavsum yakunida o’tkazishdan maqsad, mavsumda zararlanganlari 
askaridadan ozod qilishdan iborat. Zararlanish 30% dan kamayganda ikkinchi 
bosqichga o’tiladi. O’rtacha intensivdagi o’choq uchun bu bosqich 1 -o’rinda 
turadi. 
2-bosqich. Bunda gijjalardan tozalash faqat kichkina epidemik o’choqlarda, 
ya’ni 2-3 yil ichida koprologik tekshirishda hech bo’lmaganda bitta zararlangan 
odam topilgan aholi punktlaridagina o’tkaziladi. Zararlanish 3-5%gacha 
pasayganda uchinchi bosqichga o’tiladi. 
3-bosqich. Bu bolalar jamoalari va boshqa aholi guruhlarini tekshirish, rejali 
ravishda oilalarni tekshirish, antisanitariya sharoitda yashovchilar va tibbiyot 
muassasalariga murojaat qilganlarni tekshirish orqali askarida bilan zararlangan 
odamlarni topish, zararlanganlar aniqlanishi bilan tezda gelmintlardan tozalash 
o’tkaziladi. 
Aholi orasida sanitariya-oqartuv ishlari olib boriladi. Shifoxona va 
ambulatoriyaga tushgan askaridozga shubha qilingan bemorlar klinik ko’rsatma 
asosida tekshiriladi. 
Parnik (issiqxona), sabzavotchilik xo’jaligi, konserva zavodlari, sabzavot baza 
va 
magazinlar 
tozalik 
inshootlari 
ishchilari, 
yerni 
o’g’itlash bilan 
Shug’ullanuvchilarni, bog’cha bolalari, boshlang’ich sinf o’quvchilari, maktab, 
internat, bolalar uyi, chaqaloqlar uyida tarbiyalanuvchilarni har yili askaridozga 
tekshirib turish kerak. Shuningdek 10% dan ortiq zararlangan aholi yashash 
joylarida ham hammani har yili tekshiriladi. 1-10% zararlangan joylarda aholini 2 
yilda bir marta tekshiriladi. 
1. Ankilostomidoz. Bunda endemik hududlarda yashovchilarning hammasi bir 
yilda bir marta tekshiriladi. Shaxta va yer ostiga ishga kirishdan oldin ishchilar 
tekshiriladi, har yilda 1 marta. Tekshiruv usullari: Fyulleborn yoki Kalantaryan, 
Mori va Xoradening o’zgartirilgan shakldagi usullari qo’llaniladi. 
2. Strongiloidoz. Klinik ko’rsatma bo’yicha shifoxona va ambulatoriya 
bemorlari (strongiloidozli) 3 marta 1-2 kun oralab tekshiriladi. Epidemik ko’rsatma 
bilan bemorning oilasi a’zolari va bemor bilan muloqot qiluvchi qo’ni-qo’shnilarni 
(qishloqda 20-30 tagacha qo’shni hovlilar) tekshiriladi. Strongilioid lichinkalari 
rivojlanishi uchun yaxshi sharoit bo’lgan joylarda ishlovchilar, shaxta ishchilari, 
tunnel ishchilari, yer qazuvchilar ishga kirishdan oldin va yiliga 1 marta 
tekshiriladi. 


214 
Tekshirish usullari: Berman usuli yoki uning o’zgartirilgan shakldagi usuli. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling