Epidemiologiyadan


Gijjalar tuxumini anal teshigi atrofi qirmasi usuli yordamida aniqlash


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Gijjalar tuxumini anal teshigi atrofi qirmasi usuli yordamida aniqlash 
Bu usul gijjalar tuxumini anal teshigi atrofi qirmasida mikroskop yordamida 
topishga asoslangan. 
Uslub uchun kerak reaktivlar: 50% glitserin eritmasi, 1% kalsiy karbonat 
(Sa
2
SO
3
) eritmasi. 
Maxsus moslamalar: Yog’och (shtapelliklar) tayoqchalar bularni gugurt 
cho’pidan tayyorlash mumkin. 
Tajribani olib borish tartibi: qirma ertalab hojatxonaga borgunga qadar 
qilinadi. Qirma yog’och tayoqchalar yordamida qilinadi va tayoqchalar 50% 
glitserin hamda 1% kalsiy karbonat eritmasiga botirib olingan bo’lishi kerak. 
Tayoqchaga olingan material predmet oynachasining o’rtasiga tuShurilib uning 
ustiga glitserinning 50% eritmasidan bir tomchi tomiziladi va mikroskopning 
kichik kattalashtirish ob’ektivi yordamida qaraladi. 
Gijjalar tuxumlarini najasda boyitish (obogasheniya) usuli bilan aniqlash 
Najasni gijja tuxumlariga nisbatan solishtirma og’irligi baland bo’lgan 
flotatsion eritma suspenziyalanadi. Bunda gijja tuxumlari yuzaga qalqib suzib 
chiqadi va hosil bo’lgan parda mikroskopda tekshiriladi. 
Reaktivlar: Kalantaryan flotatsiya eritmasi (1kg natriy nitrat 1l suvda eritiladi) 
parda hosil bo’lguncha qaynatiladi va filtrlamasdan quruq shishalarga qo’yiladi. 
Maxsus jihozlar - o’lchamli stakan yoki og’zi keng shisha idish 10 ml 
hajmdagi shisha tayoqchalar. 
Aniqlash: Stakandagi yoki shisha idishdagi 5g najasga 100 ml flotatsiya 
eritmasi asta-sekin solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish tugatilgan 
zahoti yuzaga qalqib suzib chiqqan axlatning yirik bo’lakchalari shisha tayoqcha 
bilan olib tashlanadi tindirish uchun 20-30 daqiqa qo’yib qo’yiladi. Tuzli eritma 
yuzasiga predmet oynachasi ehtiyot qilib yopiladi. Agar aralashma va predmet 
oynachasi orasida bo’shliq qolayottan bo’lsa, aralashma predmet oynachasiga tegib 
turguncha tuzli eritma bilan to’ldiriladi. Shundan so’ng suyuqlik ustidagi parda 


216 
oynaga ehtiyot qilib olinadi, pardali tomoni yuqoriga qilinib mikroskop ostiga 
qo’yiladi va predmet oynasiga yopishib qolgan pardani mikroskopda ko’rib 
chiqiladi. 
Mikroskop ostida ko’rayotganda preparat qurib qolmasligi uchun pardaga 2-3 
tomchi 50% glitserin eritmasi tomizish mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan tuz 
bo’lmaganda osh tuzining to’yinmagan eritmasidan foydalanish ham mumkin. 
Fyulleborn bo’yicha eritma hosil qilish uchun 400 gr. osh tuzi 1 l suvda eritiladi, 
qaynaguncha qizdiriladi, doka qatlami yoki paxta orqali filtrlanadi va sovutiladi. 
To’g’ri tayyorlangan eritma, tuzning erimaydigan kristallaridan iborat ozgina 
cho’kmaga ega bo’lishi kerak. Fyulleborn usulida yuqori nisbiy og’irlikka ega 
bo’lgan gijjalar tuxumlari (askaridaning urug’lanmagan tuxumlari, trematoda va 
yirik sestodalarning tuxumlari) yuzaga suzib chiqmaydi, Shuning uchun 
suyuqlikning yuza qatlamini tekshirish bilan birgalikda cho’kmadan ham 2-4 
preparat tayyorlab, tekshirish zarur. Bu maqsadda yuza parda olingandan keyin 
suspenziya asta-sekin to’kiladi, qolgan cho’kmadan esa pipetka yoki ilmoqli halqa 
yordamida 4-6 tomchi olinib predmet oynachasiga suriladi, qoplama oyna bilan 
yopiladi va mikroskop ostida ko’riladi. Preparat aniqroq ko’rinishi uchun glitserin 
tomchisini qo’shish mumkin. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling