Epidemiologiyadan


Gijjalar lichinkalarini Berman usuli bo’yicha najasda aniqlash


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Gijjalar lichinkalarini Berman usuli bo’yicha najasda aniqlash 
Bu usul gijjalar lichinkalarining issiqlikda migratsiya qilish xususiyatiga 
asoslangan. 
Reaktiv zarur emas. 
Maxsus jihozlar - Petri kosachalari. 
Aniqlash - Petri kosachasida najasning ozgina qismi suv bilan aralashtiriladi 
va muallaq moddalarning cho’kishi uchun bir necha daqiqaga qoldiriladi. 
Cho’kma usti suyuqligi to’kib toza suv bilan aralashtiriladi. Bu muolaja cho’kma 
osti suyuqligi tiniq bo’lguncha bir necha bor amalga oshiriladi, yuvilgan cho’kma 
mikroskop ostida tekshiriladi. Tekshirish uchun najasning bir necha namunasidan 
foydalaniladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


217 
MAVZU 25. BEZGAKNING EPIDEMIOLOGIYASI, 
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
Bezgak kasalligining epidemiologiyasi, etiologiyasi, profilaktikasini hamda 
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari va laboratoriya tekshirish usullarini o’rganish. 
2. O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy 
mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida, mustaqil ish kafedraning parazitologiya 
laboratoriyasida o’tkaziladi. 
3. Talabalar quyidagilarni bilishi kerak: 
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi va bezgakning tasnifiy ahamiyati va 
endemik hududlar, aholining kasallanish darajasini. 
3.2. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi va omillari. 
3.3. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligini. 
3.4. Profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini. 
3.5. Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni tahlil qilishni. 
3.6. Laboratoriya usuli yordamida plazmodiumni aniqlash (qalin tomchi, 
yupqa surtma usuli). 
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma: 
4.1. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi va xavfli omillarini tahlil 
qila bilishi kerak. 
4.2. Laboratoriyada qalin tomchi va yupqa surtma usuli bilan to’g’ri diagnoz 
qo’ya bilishi kerak. 
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1. Kirish. 
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning ba’zi bilimlarini muhokama qilish. 
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallarni va adabiyotlarni o’rganish. 
5.4. Bezgakda bemorlarning va plazmodium tashuvchilarning epidemiologik 
ahamiyati. 
5.5. Bezgakning profilaktikasi.
6. Talabalarning mustaqil ishi: 
6.1. Laboratoriya usullarini mukammal o’rganish. 
6.2. Bezgakka qarshi yillik joriy reja tuzishni o’rganish. 
6.3. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti bezgakni tugatish to’g’risida ishlab 
chiqqan reja bilan tanishish. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling