Epidemiologiyadan
Bezgak kasalligini aniqlash uchun
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Bezgak kasalligini aniqlash uchun laboratoriya tekshirish usullari 1. Yupqa surtma usuli. Surtma kasal odamning barmog’idan olingan qon tomchisidan tayyorlanadi. Qon olishdan oldin to’rtinchi barmog’ining uchi spirt bilan yoki efir bilan yaxshilab artiladi va quritilib, pastrog’idan mahkam siqib ushlanadi, sterillangan nina yordamida (Frank ninasi, oddiy nina, po’lat pero) ishlatiladi. Nina sanchilgan joydan chiqqan birinchi tomchi qonni spirt yoki efir bilan namlangan paxta yordamida artiladi va keyingi tomchini predmet oynachasiga olinib, ikkinchi oynacha yordamida birinchi oynaning yuzasiga tekis qilib yoyib chiqiladi. Keyin surtma havoda yoki olov ustida quritiladi. Surtmani qotirish uchun Nikiforov qorishmasida 15 daqiqa, metil spirtida 3 daqiqa ushlab turib quritiladi. Surtma Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo’yaladi: Romanovskiy-Gimza bo’yog’ining - tarkibiga azur, eozin va metilli ko’k qorishmasi kiradi. 10 ml. distillangan suvga (RN-0,8) bo’yashdan oldin 10 tomchi Romanovskiy-Gimza bo’yog’i qo’shiladi va Shunda qotirilgan surtma 1 soat davomida ushlab turiladi. 1 soat o’tgandan so’ng bo’yoq solingan idishdan olinib 223 yuviladi, toza suvda va havoda quritiladi. Quritilgandan so’ng esa mikroskop yordamida tekshirib ko’riladi. 2. Qalin tomchi usuli. Qalin tomchi usuli yupqa surtma usulidan tekshirilayotgan qonning hajmi bilan farq qiladi. Qalin tomchi usuli bilan tekshirish quyidagicha olib boriladi: Predmet oynachasiga katta qon tomchisi tomiziladi yoki 2-3 mayda tomchilarni bir-birining ustiga tomiziladi. Oynadagi qalin tomchini ikkinchi oyna qirrasi bilan yoki shisha tayoqcha yordamida predmet oynasiga qalin qilib yoyiladi va qotirmasdan quritishga qo’yiladi. Yo’g’on tomchi surtmasi quritilayotgan vaqtda Petri kosachasi ostida quritilishi kerak, chunki unga har xil mayda hashoratlar qo’nib ifloslashi mumkin. Yaxshilab quritilgan surtmaga 2-3 tomchi distillangan suv tomizib 10-20 daqiqaga qoldiriladi va undan so’ng Romanovskiy- Gimza bo’yog’iga 1 soatga solib qo’yiladi. Bir soat o’tgandan so’ng bo’yoqdan chiqarib olib suvda yuvmasdan mikroskopda qaraladi. Mikroskop ostida parazit qobig’i yaqqol qizg’ish-ko’k rangda ajralib ko’rinadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling