Epidemiologiyadan


Bezgak kasalligi ustidan epidemiologik nazorat o’rnatish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
Bezgak kasalligi ustidan epidemiologik nazorat o’rnatish 
Epidemiologik nazorat bu epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va profilaktik 
chora-tadbirlarni o’z ichiga olib, bezgak kasali uchun epidemik hisoblangan 
hududlarda epidemiologik ahvolni yaxshi saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlar 
tizimidir. Epidemiologik nazoratning maqsadi o’sha hududning epidemiologik 
ahvolidan kelib chiqqan holda xarakterlanadi. O’ta endemik hududlarda 
epidemiologik nazorat maqsadi va olib borish tartibi quyidagilardan iborat: 
a) epidemiologik ahvolni aholining kasallanish darajasiga qarab baholash; 
b) bezgakning mavsumiyligini aniqlash; 
v) kasallik qo’zg’atuvchisining (anofelesning) ekologik belgilarini o’rganish; 
g) bezgak kasali o’ta endemik hisoblangan hududlarning chegaralarini 
aniqlash; 
d) eng ko’p kasallanish bo’lgan hududni aniqlash; 
e) aholi orasida bezgakka nisbatan xavfli guruhlarni aniqlash va ularga qarshi 


225 
profilaktik chora-tadbirlar olib borish. 
Bezgak bilan kasallanish tugatilgan yoki bezgak bilan aholi orasida 
kasallanish darajasi past bo’lgan hududlarda epidemiologik nazoratni DSENM 
tomonidan olib boriladi va ular boshqa tibbiyot shaxobchalari bilan bog’lanib 
turadi. 
Epidemiologik nazorat har doim, ya’ni o’sha hududda yashayotgan aholining 
iqtisodiy sharoitini hisobga olgan holda olib boriladi. Bugungi kundagi 
epidemiologik nazorat tizimida 4 ta katta guruh chora-tadbirlari bor va ular 
quyidagilardan iborat: 
1. Davolash - profilaktika ishlari. 
2. Chivinga qarshi chora-tadbirlar guruhi. 
3. Bezgak muammosi bo’yicha ishlovchi mutaxassislarni tayyorlash. 
4. Aholi orasida sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish. 
Epidemiologik nazoratning vazifasiga tashkiliy - uslubiy, axborot bilan 
ta’minlash, diagnoz qo’yish va nazorat qilish ishlari kiradi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling