Epidemiologiyadan


I. Retrospektiv epidemiologik tahlil


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

I. Retrospektiv epidemiologik tahlil: 
1) kasallanishning ko’p yillik va har yillik dinamikasini tahlil qilish. 
2) kasallanishning turli xil hududlarda va aholi guruhlari o’rtasida 
tarqalganligini baholash. 
3) ma’lum hududda joylashgan obektlarning sanitariya holatiga baho berish. 
4) olib borilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora tadbirlar sifati 
va samaradorligini ko’rib chiqish. 
5) kasallanishning ko’payishiga sabab bo’lgan omillar va shart-sharoitlarni 
tahlil qilishni asoslab beradi. Kasallanish ko’p yillik dinamikasining tahlili ma’lum 
hududda kasallanishning davriyligini hisobga olgan holda uning tendensiyasini 
aniqlashga yo’naltirilgan. Kasallanishni hudud bo’yicha tahlil qilish tanlangan 
hududiy birliklarda (tuman, mikrouchastka, aholi punktlari va h.k.), kasallanish 
ko’rsatkichlarining o’rtacha ko’p yillik darajasi asosida bajariladi, bunda 
kasallanish darajasini hisobga olgan holda turg’un, xavfli hududlar aniqlanadi. Bu 
hududlarni birmuncha chuqurroq o’rganish lozim bo’lib, bunda ularning sanitariya 
holatini epidemiologik baholash va aholining ko’proq kasallanuvchi guruhlarini 
aniqlashni hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. 


211 
Aholi guruhlari bo’yicha kasallanishni tahlil qilish asosan xavfli hududlarda 
olib boriladi. Kasallanish turlicha yoki iqtisodiy, kasbiy, ijtimoiy xavfli guruhlar 
bo’yicha baholanadi. Kasallanishning ko’payish sabablarini aniqlash uchun 
kompleks tahlil qilish retrospektiv tahlilning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bu 
tahlilni amalga oshirishda kasallanish ko’proq uchragan hududlarning sharoitlari 
va sabablari haqidagi gipotezalar ko’tariladi. 
II. Operativ (tezkorlik bilan olib boriladigan) epidemiologik tahlil. Bu 
tahlilning vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Epidemik jarayon dinamikasini kuzatib borish. 
2. Xavfli omillar paydo bo’lishi ustidan kuzatuv o’rnatish. 
3. Epidemiologik holatni baholash. 
4. Kasallanishning ko’payishiga sabab bo’ladigan omillar va sharoitlarni 
aniqlash. 
Operativ tahlilning oxirgi bosqichida ma’lum bir hududda, ayni bir aholi 
guruhlari o’rtasida kasallanishning o’sishiga olib keluvchi sabablar to’g’risida 
gipotezalar keltiriladi. 
Boshqaruvchilik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- parazitar kasalliklarga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirish 
va ularni amalga oshirilishi ustidan nazorat o’rnatib borish. 
- epidemiologik holat yomonlashganda o’tkaziladigan chora-tadbirlarni 
rejalashtirish. 
- sanitariya-epidemiologiya nazoratining ishlarining sifati va samaradorligini 
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yaxshi yo’lga qo’yish. Profilaktik va 
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar, SSVning maxsus buyrug’i asosida olib 
boriladi. Aholini gelmintozlarga tekshirish to’g’risida ko’rsatma. 
1. Gijjalar bilan zararlangan odamlarni aniqlash. Buni shifoxonadagi har 
qanday vrachlar. poliklinika, QVP vrachlari, maktab, bog’chalardagi bolalar 
vrachlari, 
tibbiyot-sanitariya 
qismlari, 
ishlab-chiqarish 
korxonalaridagi 
sog’lomlashtirish punktlarining vrachlari bajaradilar. 
Yuqumli kasalliklar kabineti ana Shu gijjalar bilan zararlangan odamlarni 
hisobga olish, dispanser kuzatuviga olish, davolash, profilaktik ishlar olib borish 
bilan Shug’ullanadi. Bunday kabinetlar bo’lmaganda bu ishlarni pediatr, terapevt, 
uchastka vrachlari bajaradi. 
Gelmintozlarga laboratoriya tekshiruv ishlarini, davolash-profilaktika 
muassasalarining klinika-diagnostik laboratoriyalarida o’tkaziladi. Sanitariya-
epidemiologiya xizmati xodimlari esa aholini gelmintozlarga tekshirishni tashkil 
etish, unga rahbarlik qilish, ish sifati va samarasini tekshirib turishi kerak. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling