Epidemiologiyadan


Operativ epidemiologik tahlil


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Operativ epidemiologik tahlil 
Butun yil davomida o’tkaziladigan operativ epidemiologik tahlil emlash 
chora-tadbirlari sifatini dinamik baholash, rejali laboratoriya tekshiruvlari
bemorlarni tezda aniqlash va o’z vaqtida davolashni ko’zda tutadi hamda epidemik 
o’choqlarda kasallanishning paydo bo’lish sabablari va sharoitini aniqlashga 
yordam beradi. Epidemiolog davolash-profilaktika muassasalarida emlash sifatini 
baholash va tekshirish ishlarini nazorat qiladi: 
- emlashning oylik rejalari bajarilishi va o’z vaqtida emlash o’tkazish; 
- emlash o’tkazishga nisbiy va mutloq tibbiy qarshi ko’rsatmalarning 
asoslanganligi; 
- emlash kartotekalarining olib borish va hisob kartalarida emlashni ro’yxatga 
olib borish va bolalarning rivojlanish tarixida emlashning sanasi, nomi, uning doza 
va seriya raqamlarining to’g’riligi; 
- bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazilganligi haqida va emlashdan oldin 
termometriya o’tkazilganligi haqidagi yozish ishlari; 
- tekshirilayotgan davolash profilaktika muassasalaridan ushbu poliklinika 
hududida yashovchi, bolalar muassasalariga qatnamaydigan, boshqa poliklinikalar 
nazorati ostida bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish; 
- emlash asoratlar bergan paytida bolaga shoshilinch yordam ko’rsatish uchun 
ishlatiladigan dori-darmonlarning borligi; 
- emlash ishlari bo’yicha qo’llanmalarning bo’lishi; 
- maxsus profilaktika masalalari bo’yicha mashg’ulotlar tashkil qilish. 
Hududda difteriyani yo’qotish kerak bo’lib qolgan hollarda barcha 
ahamiyatga ega bo’lgan kasallik o’choqlarini o’z vaqtida aniqlash va o’choqda 
qo’zg’atuvchini yo’qotish bo’yicha chora-tadbirlarni o’tkazish. 
O’choqni yo’qotish uchun o’sha epidemik o’choq hisoblangan uyushgan 
jamoaning o’zidagina emas, balki butun aholi punkti, uning bir qismi yoki mumkin 
bo’lgan o’choq chegaralari hududiga bog’liq ravishda, qo’zg’atuvchining tarqalish 
omili aniqlanadi. Vaksinatsiya va revaksinatsiya muddatlari yetgan bolalar hamda 
emlanmagan bolalar va o’smirlarga vaksinatsiya qilinadi. Hamma yuqish xavfi 
bo’lgan 16 yoshdagi va undan kattalar oxirgi 10 yil ichida emlanmagan va emlash 
ishlarini o’tkazishga qarshi ko’rsatmalari bor shaxslar ADM yoki ADS-M 
anatoksini bilan emlanadi. Ana shunday immunizatsiyani yuqish xavfi yuqori 
bo’lgan katta yoshdagilarga ham qilish mumkii, bunda emlash ishlari birinchi 
navbatda quyidagalarga o’tkaziladi: 
- yotoqxonada yashovchi shaxslarga; 
- aholiga xizmat ko’rsatish sohalariga; 
- o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari talabalariga va xodimlariga
- maktab xodimlariga, bolalar va tibbiyot jamoasi xodimlariga. 


185 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling