Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Epidemiologiyasi 
Difteriyada kasallik manbai bo’lib bemor odam, rekonvalestsept va sog’lom 
bakteriya tashuvchi hisoblanadi. Asosan bemor odam kasallik manbai hisoblanadi, 
chunki ular ko’p miqdorda infeksiya qo’zg’atuvchilarini tarqatadilar. Engil 
kechadigan va payqamas shakllarda bemorlar ham xavfli infeksiya manbai 
hisoblanadilar, chunki ular ko’pincha kechikib vrachga murojaat qiladilar, natijada 
shifoxonaga 
kechikib 
yotqiziladilar. 
Sog’ayib 
ketuvchilar 
ko’pincha 
rekonvalestsensiya davrining dastlabki 2 haftasida difteriya tayoqchalaridan xoli 
bo’ladilar. Ba’zi hollarda sog’ayib ketuvchilarning bakteriyani ajratishlari 90 va 
undan ortiq kungacha davom etishi mumkin. Tomoqdagi, burun-xalqumdagi 
surunkali yallig’lanish jarayonlari, shuningdek organizmning mahalliy va umumiy 
qarshiligini susaytiruvchi umumiy surunkali va o’tkir xastaliklar uzoq muddatli 
bakteriya tashuvchilikka sabab bo’ladi. Tashuvchilik holati kasallanish darajasiga 
bog’liq. Toksigenli shtammlar tashuvchilarini aniqlash ko’proq epidemiologik 
ahamiyatga ega. Kasallikni boshdan kechirganlarda va emlanganlarda 10-15 
kungacha davom etadigan sog’lom tashuvchanlik kuzatilishi mumkin. Kasallikdan 


180 
so’ng 
antimikrob 
va 
antitoksik 
immunitet 
qoladi. 
Bemorning 
va 
rekonvalestsentning qonida agglyutinin va antitoksinlar aniqlanadi. 1912 yilda 
venalik pediatr Shik antitoksik immunitetni aniqlash uchun teri ichi sinamasini 
taklif qildi. Shuning uchun ham bu sinama SHIK reaksiyasi deb ataladi. Hozirgi 
davrda immunitet mavjudligi RPGA yordamida aniqlanadi. 
Difteriyada qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi asosan havo-tomchi yo’li 
bilan, kam hollarda esa chang, bemor yoki bakteriya tashuvchi foydalangan 
o’yinchoqlar, shuningdek oziq-ovqatlar orqali ham yuqishi mumkin. Emlashgacha 
bo’lgan davrda asosiy kasallanish 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lib, bu barcha 
kasalliklarning 80% ni tashkil qilar edi. Amaliyotga difteriya anatoksini bilan 
emlash joriy etilgandan so’ng esa, kasallanish kamayishi bilan bir qatorda uning 
katta yoshdagilar o’rtasida yuzaga kelishi ko’paydi. Difteriyaga mavsumiylik xos 
bo’lib, yoz oylarida bemorlar soni oshib boradi va eng ko’pi sentabr-dekabr 
oylarida, eng kam bemorlar soni esa aprel-avgust oylarida kuzatiladi. 
Difteriya bilan kasallanish mavsumiy o’zgarib turishini bolalarning hayot 
tarzlari o’zgarishi bilan tushuntirish mumkin. Yoz oyida va kuz oyining boshlarida 
ko’chalarda, hovlilarda bolalarning o’zaro muloqoti ko’payadi bundan tashqari 
bolalarning oromgohlarga jo’nashlari tufayli bolalar yangi jamoalari tashkil 
qilinadi. Kuzda maktab jamoalari qayta tiklanadi. O’quv yilining boshlanishi 
bilanoq difteriya bilan kasallanishning o’sishi o’z navbatida kasallik tarqalishida 
maktablarning ahamiyatini ko’rsatadi. Maktab bolalari ko’pincha kasallikning 
yengil turi bilan og’riydilar. Infeksiya esa maktablarga bemorlar va tashuvchilar 
orqali keltiriladi. 1922 yilda Roman (Fransiya) tomonidan kashf qilingan difteriya 
anatoksini difteriyaga qarshi muvaffaqiyat bilan kurashishga umid baxsh etdi. 
Haqiqatdan ham emlashlar natijasida bolalar o’rtasidagi kasallanish kamayib bordi. 
Urushdan keyingi yillarda sobiq SSSR difteriya anatoksini bilan ommaviy 
emlashlar natijasida kasallanish inqilobgacha bo’lgan davrga qaraganda 5-6 marta 
kamaygan. Undan keyingi davrlarda difteriyaga qarshi rejali emlash natijasida bu 
kasallik keskin kamaytirildi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling