Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Infeksiya manbaiga qaratilgan chora-tadbirlar
Profilaktikasi
Bu kasallikda maxsus profilaktika asosiy ahamiyatga egadir. 1922 yilda Dekvis passiv immunizatsiya usulini taklif qildi. Bunda katta yoshdagilarning qonidan olingan zardob bilan seroprofilaktika o’tkaziladi. Bu usulga binoan odamlar yoshligidanoq qizamiqni boshdan o’tkazadilar, infeksiyadan keyingi immunitet esa umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Demak, deyarli barcha yoshdagilar qonida antitelolar bo’lar ekan. 1946 yilda Moskvadagi epidemiologiya va mikrobiologiya institutida kattalar qonidan tayyorlanadigan gammaglobulin tayyorlash yo’lga qo’yildi. Qizamiq kasalligida bemorni alohida joyga qo’yish eng muhim chora- tadbirlardan hisoblanadi. Faqat kasallikning og’ir shaklidagi bolalar, oilaviy yotoqxonalardagi, ko’p bolali kommunal uylardagi bolalar, shuningdek yopiq bolalar muassasalaridagi bolalargina shifoxonalarga yotqiziladi. Qolgan holatlarda esa bemorlarni uyda qoldirib, uchastka vrachi tomonidan davo muolajalari bilan ta’minlanadilar. Yakka kasallanishlarni profilaktika qilish maqsadida bemorlarni barvaqt aniqlash muhim ahamiyatga ega, ammo buni uddasidan chiqish 175 mushkuldir. Ko’pincha Filatov-Koplik dog’lari yuzaga kelganda yuqumli davrining 2-3 kunidagina diagnoz qo’yiladi. Virus tashqi muhitga chidamsizligi bois o’choqda dezinfeksiya o’tkazilmaydi, faqatgina xonalarni shamollatish bilan cheklaniladi. Bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar, ammo ilgari kasallanmagan va emlanmagan bolalar 17 kun, gammaglobulin qabul qilganlar esa 21 kun (bemor bilan oxirgi muloqotdan boshlab) ajratib qo’yiladi. 3 oydan 4 yoshgacha bo’lgan bolalarga esa gammaglobulin dozasi 1,5 ml bo’lib, u faqatgina kasallikning kechishini yengillashtiradi. Zaif bolalarga 4 ml yuboriladi. Infeksiya manbaiga qaratilgan chora-tadbirlar Infeksiya manbai faqat bemor odam, yashirin davrning oxirgi kunlarida, prodromal davrida va kasallik avj olgan davrda 5-kunigacha toshma toshgunga qadar o’ta yuqumli bo’ladi, tashuvchilik yo’q. bemorni shifoxonaga yotqizish epidemiologik va klinik ko’rsatmalarga asosan o’tkaziladi; epidemiologik ko’rsatmaga quyidagilar kiradi: bemor oilasida emlanmagan va qizamiq bilan og’rimagan bolalar bo’lishi; toshma toshishining 4 kundan keyin ajratish to’xtatiladi, asorat yuzaga kelgan hollarda 10 kundan keyin to’xtatiladi; Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling