Epidemiologiyadan


HBsAg ga tekshirish sifati, HBsAg


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

HBsAg ga tekshirish sifati, HBsAg "tashuvchilarni" klinik-laboratoriya 
tekshiruvlaridan o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’liqligi, barcha tibbiy 
muassasalardagi epidemiyaga qarshi tartib muntazam ravishda epidemiolog 
nazoratida bo’lishi darkor. 
Nazorat jarayonida epidemiologik ahamiyatli ob’ektlardagi turli asbob-
anjomlarni qon, oqsil, ishqor qoldiqlari mavjudligiga, sterillikka tekshiriladi
avtoklav, sterilizator va bakterisid lampalar ish tartibi kuzatiladi. 


173 
MAVZU 
17. 
QIZAMIQNING 
EPIDEMIOLOGIYASI, 
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: qizamiq kasalligida epidemik jarayonning 
rivojlanish mexanizmini va namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik 
nazoratni tashkil etish. 
2. O’qish joyi va vaqti: mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi. 
Amaliy mashg’ulot 6 soat, mustaqil ish 2 soat. 
3. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishi kerak: 
3.1. kasallikning umumiy tavsifi, tavsifiy ahamiyati va aholining kasallanish 
darajasini; 
3.2. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmini; 
3.3. epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimini
3.4. epidemiologik diagnoz va uning o’ziga xos xususiyatlarini; 
3.5. epidemiologik nazoratni tashkil etishni. 
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 
4.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilish; 
4.2. epidemik jarayonni rivojlanish mexanizmini tahlil qila bilish; 
4.3. epidemik jarayonni yuzaga chiqaruvchi omillarni va shart-sharoitlarni 
ocha bilish. 
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1. kirish, mashg’ulotning maqsadini tuShunib olish; 
5.2. talabalarda shu mavzu yuzasidan mavjud bo’lgan bazis bilimni aniqlash; 
5.3. axborot uchun tavsiya etilgan materiallarni muhokama qilish; 
5.4. qizamiq epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama qilish; 
5.5. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish.
6. Talabalarning mustaqil ishi: 
6.1. operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish; 
6.2. qizamiq profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan tanishish; 
6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish; 
6.4. masalalar yechish. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling