Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Infeksiya manbai. A gepatit - tipik antroponoz. Infeksiyaning yagona manbai 
bemor odam. A gepatit bemorlarining ikki guruhi - manifest va simptomsiz shaklli 
bemorlar farqlanadi. Manifest shakliga nisbatan simptomsiz shaklli bemorlar 
bolalar o’rtasida 10-12 marta, kattalar o’rtasida 2 marta ko’proq uchraydi. 
Epidemik chaqnashlar va epidemiyalar paytida manifest shaklli bemorlar hissasi 
oshadi, bu organizmga kattaroq miqdordagi AGV tushishining natijasidir. 
Bemorlar najasida AGV antigenlarini yuqori sezgirlikdagi usullar (IFA, RIA) 
bilan sariqlik paydo bo’lishidan 12-14 kun oldin va sariqlik paydo bo’lgach yana 3 
hafta mobaynida aniqlash mumkin. Virusning eng yuqori konsentratsiyasi bemor 
najasida yashirin davr oxiri va butun sariqlik oldi davrida kuzatiladi. Bu paytda 
virusni 100% bemorlarda aniqlash mumkin. Sariqlikning 1- haftasida 50%, 2-
haftasida 20% va 3-haftasida 5% bemorda virus aniqlanadi, 4-haftasida AGV 
antigeni kamdan-kam hollarda topiladi. Sariqli, sariqsiz va simptomsiz shaklli 
bemorlar najasida antigen aniqlanishi darajasida farq kuzatilmaydi. Infeksiya 
manbai sifatida sariqlik oldi davridagi bemorlar hamda A gepatitning simptomsiz 
shakli bilan og’riganlar eng katta xavf tug’dirishadi. 
Organizmga tushgan qo’zg’atuvchi miqdoriga qarab A gepatitda yashirin davr 
15 kundan 50 kungacha bo’lishi mumkin, o’rtacha 25-30 kunni tashkil etadi. 
Yashirin davr oxirlarida va kasallikning dastlabki kunlaridan organizmda anti - 
AGV IgM hosil bo’la boshlaydi, sog’ayish davrida yuqori titrga etadi, qonda 6-8 
oy sirkulyatsiya qilib turadi. Bemor zardobida anti - AGV Ig-M aniqlanishi A 
gepatit tashhisini aniq tasdiqlovchi maxsus marker hisoblanadi. Xastalikning 
birinchi haftasi oxiri - ikkinchi haftasi boshlaridan anti - AGV IgG sintezi 
boshlanadi. Bemor sog’ayganidan keyin 5-6 oy o’tgach maksimal titrga yetadi. Bu 
antitelolar (anti - AGV IgM) og’rib o’tgan kishi organizmida umrbod saqlanib 
qoladi hamda qayta kasallanishdan saqlaydi. Anti - AGV IgMni serologik usullar 
yordamida aniqlanib, aholining A gepatitga nisbatan immun tuzilmasi (immun 
strukturasi) o’rganiladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling