Epidemiologiyadan
Yuqish mexanizmiga nisbatan qilinadigan chora – tadbirlar
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Yuqish mexanizmiga nisbatan qilinadigan chora – tadbirlar
1. Bemor (vibrion tashuvchi) aniqlangan joyda yakuniy dezinfeksiya, dezinfeksiya stansiyasi yoki DSENMning dezinfeksiya bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. 2. Bemor yashash joyida yakuniy dezinfeksiya bemor (vibrion tashuvchi) gospitalizatsiyasidan (o’limidan) so’ng 3 soat ichida, ish yoki o’qish joyida esa aniqlangandan so’ng bir sutka ichida bajarilishi lozim. 3. Dezinfeksiyani bajaruvchi xodim o’choqqa kelgach, klyonkali qo’lqop va fartuk taqib hamda o’latga qarshi 2-chi tip kostyum kiyib, quyidagi ketma-ketlikda ishlov berishi lozim: a) poygakdan boshlagan holda polga ko’p miqdorda dezinfeksiyalovchi eritma sepib chiqadi; b) bemor chiqindilari va ovqat qoldiqlarini zararsizlantiradi; v) barcha idish-tovoqlarni yig’ib, ularni zararsizlantiradi; g) barcha yumshoq buyumlarni (yerga yoziladigan ashyolar, gilamlar, sholcha, ustki kiyim boshlar va h.k.) dezinfeksion kameralarda zararsizlantirish maqsadida yig’ib olinib, dezinfeksion eritma bilan namlangan qoplarga taxlab chiqiladi, hujjatlar rasmiylashtirilgach buyumlar mashinalarga olib boriladi; d) uy-jihoz buyumlari zararsizlantirilib, devorlarga ikki metr balandlikkacha dez.eritma sepib chiqiladi; e) bemor bo’lgan xona zararsizlantirilgandan so’ng oshxona, vanna, koridor va yana bir bor pol zararsizlantiriladi; j) xojatxona, axlat qutilari, chiqit chuqurlari va h.k. zararsizlantiriladi; z) agar quduq mavjud bo’lsa, uning og’zi zararsizlantirilib, quduqdagi suv xlorlanadi. O’choqni dezinfeksiya qilib bo’lgandan so’ng, dezinfeksion brigada o’zining maxsus kiyimlarini, oyoq kiyimlari, qo’lqoplari, rezinali fartugini zararsizlantiradi va xalatni almashtiradi. 4. Ish joyida yoki o’qishda bemor (vibrion tashuvchi) aniqlangan hollarda albatta, bemor ish joyida va yana umumiy foydalanish joylari - bufetlar (ishchilar 156 oshxonasi) dushxonalar bevosita zararsizlantiriladi. 5. Poliklinikalarda, ambulatoriyalarda, bolalar konsultatsiyasi va boshqa davolash profilaktik muassasalarida vabo bilan og’rigan bemor yoki shunga gumon qilinayotgan odam aniqlansa, shu muassasa xodimlari tomonidan najas va qusuq moddalari, bemor bo’lgan vrach xonalari va boshqa xonalar, umumiy foydalanish varaqalari, asboblar dezinfeksiya qilinadi. 6. Shifoxona va izolyatorlarni ochishdan oldin bino ichida va Shu maydonda profilaktik dezinfeksiya qilinadi. Shifoxona bo’limlarida kundalik dezinfeksiya ishlari kichik tibbiyot xodimlari tomonidan, bo’lim katta hamshirasining bevosita rahbarligi ostida bajariladi. Vabo bilan kasallanganlar yoki vaboga gumon qilinayotganlar uchun shifoxona (bo’lim) dezinfektorlari markazlashtirilgan holatda dezinfeksiyalovchi vositalar tayyorlaydilar: a) qabul bo’limi sanitariya ishlovi o’tkazgichida (san.propusknik) I-II darajali suv yo’qotgan bemorlarga sanitariya ishlovi o’tkaziladi (bu paytda dushdan foydalanilmaydi) va ishlatilgan suv va xona zararsizlantiriladi. b) bemorning buyumlari kleyonkali qopga yig’ilib, zararsizlantirish uchun dezinfeksion kameraga yuboriladi; v) bemor qabulidan so’ng, qabul bo’limi xonasi dezinfeksiya qilinadi; g) bemorlar shaxsiy tuvaklar yoki tagga qo’yiladigan idish (podkladnыe sudna) bilan ta’minlanadilar; d) bemor ajratmalari idishlarda zararsizlantiriladi. Zararsizlantirilgan ajratmalar (chiqindilar) kanalizatsiya quvuriga yoki maxsus ajratilgan xonada dezinfeksiyalovchi eritmaga solinib, maxsus tayyorlangan, suv o’tkazmas zovur (chuqur)ga quyiladi; e) yumshoq buyumlar (bemorning ichki kiyimlari va yotoq choyshablari) klyonka qoplarga yig’ilib (og’zi yopilgan holatda) qaynatish yo’li bilan yoki maxsus ajratilgan xonalarda dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ho’llash-namlash yo’li bilan zararsizlantiriladi; j) bemor shifoxonadan chiqarilganda yoki vafot etgandan so’ng o’rin joy anjomlari (ko’rpa, to’shak, yostiqlar) dezinfeksion kameralarda zararsizlantiriladi; z) bemor foydalangan oshxona idish-tovoqlari, ovqat qoldiqlaridan tozalanib qaynatish yoki dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantiriladi. Idish-tovoq zararsizlantirilgach, yuviladi, quritiladi va yana shu bo’limdan boshqa yerlarga chiqarilmagan holda ishlatiladi; i) palatalarda, koridorlarda, oziq-ovqat tayyorlaydigan joylarda dezinfeksiyalovchi eritmalardan foydalangan holda, kuniga 2 martalab namlab tozalab chiqiladi; k) infeksion shifoxonaning barcha xonalarida pashshalarga qarshi chora- tadbirlar olib boriladi; l) tozalash-asbob-uskunalari (tog’aralar, chelaklar va x,.k.) belgilanib, qat’iyan o’z vazifasi bo’yicha (qatiy ko’rsatmaga binoan) ishlatiladi va har bir ishlatishdan so’ng zararsizlantiriladi; m) shifoxonani berkitish - yopish vaqtida yakuniy dezinfeksiya o’tkazilib, 157 albatta uning sifati tekshiriladi. 9. O’liklar (murdalar)ni yorish, tashish va ko’mish ishlari. “ I-II guruh yuqumli kasalliklari qo’zg’atuvchilari bilan zararlangan yoki zararlanishga gumon qilinayotgan materiallar bilan ishlashning epidemiyaga qarshi tartibi” nomli amaldagi instruksiyaga mos ravishda o’tkaziladi (Toshkent, 1992). 10. Aholi yashash punktlarida vabo tez avj olish paytida hovli sanitariya qurilishlarini zararsizlantirish va pashshalarni qirish chora-tadbirlari yuzasidan profilaktik dezinfeksiya chora-tadbirlari olib boriladi. 11. Qishloq joylarida, shu jumladan dala shiyponlarida ham, zararsizlantirish chora-tadbirlari shahar sharoitidagidek amalga oshiriladi. Vabo bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar uyida qoldirilgan holatlarda kundalik dezinfeksiya ishlari bemor bilan muloqotda bo’lganlar yordamida amalga oshiriladi. 12. Dezinfeksion chora-tabirlar o’tkazish va uni tashkil etish yuzasidan va zararsizlantirish bo’yicha dezinfeksiya stansiyasi va DSENM mutaxassislari yo’l- yo’riqlar ko’rsatib borishadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling