Epidemiologiyadan


Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi 
1817 yildan to shu vaqtgacha vaboning ettita pandemiyasi bo’lib o’tgan. 
Ettinchi pandemiya davomida El-Tor vabosi avj olishi va epidemiyalari Osiyo
Afrika, Amerika, Evropa, Avstraliya va Okeaniya mamlakatlarida qayd etildi. 
Bunday holat Yaponiyada, Tinch okeanidagi Maldiv, Kamor, Guam va Gilbert 
orollarida ham kuzatilgan. Keng miqyosdagi epidemik avj olish holatlari Italiya
Ispaniya, Portugaliyada bo’lib turdi. AQSHda ayrim hollar qayd qilingan edi. 
Braziliyada vabo vibrioni oqar suvlardan topildi. Yuqorida aytib o’tilganidek JSST 


151 
prognozi bo’yicha sakkizinchi pandemiya ham boshlangan, biroq boshlangan yili 
hozircha aniq ko’rsatilmagan. Sakkizinchi pandemiya Bengal-O -139 shtammi 
bilan boshlangan 1996—97 yillarda bemorlar soni 1 mln.dan oshib ketdi. Asosiy 
epidemiya Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlari (Hindiston, Pokiston, 
Bangladesh, Eron, Xitoyda) qayd etildi. 
U yoki bu mamlakatga infeksiya qo’zg’atuvchisi o’tishi natijasida vaboning 
epidemik avj olishi va bunda epidemiyalarning oldini olishga faqat tibbiy chora-
tadbirlar yordamida erishib bo’lmaydi. Bunga erishish uchun yirik ijtimoiy va 
kommunal o’zgartirishlarni amalga oshirish talab qilinadi. Hatto qoniqarli 
sanitariya - gigiyena holati va yaxshi sanitariya sharoiti mavjud bo’lgan davlatlar 
ham o’z hududlarida vaboning avj olish xavfidan kafolatlanmagan. 
Infeksiya manbaiga nisbatan olib boriladigan chora-tadbirlar vabo bilan
kasallanganlarni aniqlash 
1. Barcha uyushgan jamoalarda, har bir korxona va muassasalarda tibbiy 
yordam ko’rsatishning barcha bosqichlarida ichak faoliyati buzilgan va qayt 
qilayotganlar faol aniqlanadi. 
O’tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasi yuqori bo’lgan va 
sanitariya-gigiyena ta’minoti qoniqarsiz bo’lgan hududlarda esa hovlima -hovli 
aylanib chiqish yordamida aniqlanadi. 
2. Epidemiologik noxush vaziyatlarda hovlima-hovli aylanib chiqish, 
uchastka tibbiyot tarmog’i kuchlari sanitariya faollari, tibbiyot institutlari va bilim 
yurtlari talabalarini jalb qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun vrachlik 
uchastkalari (aholi soni 500 dan qishloq joylari va xususiy uylar qurilgan hududlar 
uchun) 1000 tagacha bo’lgan (ko’p qavatli uylar qurilgan hududlar uchun) 
mikrouchastkalarga bo’linib har bir uchastkaga bitta tibbiyot hamshirasi va to’rt-
besh sanitariya faollari yoki tibbiyot institutlari talabalaridan iborat bo’lgan brigada 
biriktirilib qo’yiladi, ular bemorlarni aniqlash bilan birgalikda turar joylar va 
hojatxonalarning sanitariya holati ustidan nazorat olib borishadi, Shu vaqtning 
o’zida sanitariya-oqartuv ishlari olib boriladi. 
3. 
Qabulxonalarga, 
maxsus 
tartibli 
muassasalarga, 
psixonevrologik 
shifoxonalar va dispanserlarga, davolash mehnat profilaktoriyalarga qabul 
qilinganlar orasida ichak faoliyati buzilgan va qusayotgan bemorlarni faol 
aniqlash. 
4. Uyushgan jamoalarda, korxona va muassasalarda tibbiyot nazorati va 
kundalik so’rab-surishtirish ishlari tibbiyot xodimlari va sanitariya faollari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
5. Aniqlangan har bir ichak faoliyati buzilgan va qusayotgan bemor haqida 
gospitalizatsiya qilish uchun belgilangan tartib bo’yicha tibbiy tez yordam 
ko’rsatish stansiyalariga yoki dezstansiyaga xabar qilinadi, sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazlariga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. 
6. Bemorlarni faol aniqlash to’g’risidagi ma’lumotlar har kuni Shu hududdagi 
poliklinikaga yuborilib turiladi, u yerda esa xizmat ko’rsatish uchastkalari bo’yicha 


152 
sutkalik ma’lumotlar DSENMga yuboriladi, DSENM esa uchastkalarda bir sutka 
davomida olib borilgan chora-tadbirlar to’g’risida tibbiy shtabga ma’lumot 
yuboradi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling