Epidemiologiyadan
Retrospektiv epidemiologik tahlil
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Retrospektiv epidemiologik tahlil 1. Kasallikning ko’p yillik dinamikasi va har yillik dinamikasini tahlil qilish. 2. Shigellyoz kasalligining har xil hududlarda, har xil yoshdagi va har xil ijtimoiy guruhlar o’rtasida tarqalganligini tahlil qilish. 146 3. Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalarini umumlashtirib shigellalarga qarshi kurash chora-tadbirlari darajasi asoslab beriladi. Epidemiologik nazoratning boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish retrospektiv epidemiologik tahlil natijalariga asoslanadi va Shu asosda shigellyozlarga qarshi kurashish uchun kvartal, yillik va besh yillik rejalar tuziladi. Shu rejalarni bajarilishi nazorat qilinadi. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar Kasallik manbaiga qarshi o’tkaziladigan chora-tadbirlar: 1) Ichburug’ kasalligi bilan og’rigan bemorlarni erta aniqlash. 2) Erta diagnostika. Erta diagnostika uchun qo’llanadigan usullar: - bemorlarni so’rab - surishtirish, ko’zdan kechirish, laboratoriya tekshiruvlariga material yig’ish; - oilada bemor kishilar bilan muloqotda bo’lganligi aniqlanadi, bundan tashqari bog’chada, ishxonada va boshqa joylarda muloqotda bo’lganlar ovqatlanganligi hamda qaysi suv manbaidan suv ichgani haqida ma’lumot olinadi; - ichburug’ga Shubha tug’ilgan bo’lsa, u holda yuqumli kasalliklar kabinetida vrach bilan konsultaciya o’tkaziladi. 3) Kasallik haqidagi shoshilinch xabarnoma F.058/X DSENMga yuboriladi. 4) Infeksiya manbaini aniqlash maqsadida o’choqda epidemiologik tekshiruvlar o’tkaziladi, ya’ni kasallikning tarqalish yo’llari, uning chegarasi va unga qarshi chora-tadbirlar ko’riladi. 5) Bemorlar shifoxonada davolanganlaridan keyin agar najas, tana harorati normallashsa, albatta bakteriologik tekshiruvning 1 marta javobi (-) manfiy bo’lsa, u holda bemorga shifoxonadan javob beriladi. Bakteriologik tekshiruv davo tadbirlari yakunlangach 2 kundan keyin o’tkaziladi. Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlarda bakteriologik tekshiruvlari 2 marta o’tkazilib manfiy javobi bo’lgandan keyin shifoxonadan javob beriladi. 6) Maktabgacha bo’lgan, bog’cha va bog’cha yoshigacha bo’lgan bolalarga shifoxonadan javob berish uchun davolashdan keyin tana harorati va najas normallashsa, bakteriologik tekshiruvlari (-) manfiy bo’lsa uyga javob beriladi. 7) Kasallikni surunkali shakliga kelganda, u holda ularni shifoxonadan javob berish quyidagilarga asoslangan holda, ya’ni intoksikatsiya yo’qolishi, 10 kun davomida najasning normallashishi, bakteriologik tekshiruvlarni 1-chi martasidagi manfiy javobga qarab uyga javob beriladi. 8) Bemor shifoxonada davolangandan so’ng davolovchi vrach kasallik tarixidan, ko’chirmani poliklinikaga o’tkazishi lozim. Unda kasallikning kechishi, o’tkazilgan davo haqidagi ma’lumot, bakteriologik tekshirishlarning javoblari hamda bemor haqidagi klinik xarakteristikasi bayon etiladi. 9) Ovqatlanish korxonalaridagi ishlovchi xodimlar shifoxona vrachi tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida qo’shimcha bakteriologik tekshiruvlarsiz ishga ruxsat etiladi. 10) Agar bemorga javob berishdan oldin bakteriologik tekshiruvlari musbat 147 javob bersa, u holda bunday bemorlarning davolanishi davom ettiriladi. Kontrol bakteriologik tekshiruvlari yana musbat natija bersa, u holda bunday bemorlar dispanser nazorati ostiga olinadi hamda ular o’z kasbini o’zgartirishlari lozim bo’ladi. Bundan tashqari, agar bemorlarda kasallik qo’zg’atuvchisi 3 oy davomida aniqlansa, u holda infeksionist, terapevt, emidemiolog vrachlarining xulosalariga asoslanib bemorlar o’z kasblarini o’zgartirishlari lozim. 11) Bolalar uyidagilar va maktab internatdagi bolalar sog’ayganlaridan so’ng bolalar jamoasiga ruxsat etiladi. Lekin 2 oy mo-baynida ovqatlanish joylarida navbatchilik qilishlariga yo’l qo’yilmaydi 12) Agar bolalar ichburug’ kasalligining surunkali shaklini o’tkazgan bo’lsa, u holda najas 5 kundan so’ng normaga qaytganligiga, tana haroratini normallashganligiga, klinik sog’ayishiga asoslangan holda bolalar jamoasiga qo’shilishiga ruxsat etiladi. 13) Ichburug’ kasalligining surunkali shakli bilan og’rigan bemorlar 3 oy davomida infeksionist vrach nazorati ostiga olinadi, har oyda bakteriologik tekshiruvdan o’tishlari kerak. 14) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar 3 oy davomida infeksionist nazorati ostida bo’lib, har oyda 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tishlari lozim. 15) Ovqatlanish korxonalarida ishlovchi xodimlar agar kasallikning surunkali shakli bilan og’rigan bo’lsa, u holda 6 oy dispanser nazorati ostida bo’lib, har oyda bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tadilar. Klinik to’la-to’kis tuzalganlaridan keyin yana o’z joylariga ruxsat beriladi. 16) DSENMga yuboriladigan hamma xabarlar 060 jurnaliga qayd qilinadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling