Epidemiologiyadan


Kasallikning yuqish yo’llariga qarshi o’tkaziladigan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Kasallikning yuqish yo’llariga qarshi o’tkaziladigan
chora-tadbirlar 
Agar bemor uyda qoldirilsa, u holda davolash mobaynida kichik tibbiyot 
xodimlari tomonidan kundalik dezinfeksiya ishlari o’tkaziladi. Ovqatdan 
tozalangan idish-tovoqlar dezinfeksiya maqsadida 0,5% soda eritmasida 15 minut 
qaynatiladi yoki 0,5% xloramin eritmasida 10 minut ushlab turiladi, 150 g. 
xloraminga 10 l suv to’g’ri kelishi kerak. Qoldiq ovqat esa 15 minut qaynatilib 
so’ng chelakka tashlanadi. 
Ust-bosh kiyimlar va yotishga ishlatiladigan choyshablar 0,5% soda eritmasi 
qo’llanib 15 minut qaynatiladi yoki 0,5% xloramin eritmasi bilan 30 minut ushlab 
turgandan so’ng qaynatiladi va quritiladi. 
Plastmassa, yog’och, rezinadan tayyorlangan o’yinchoqlar 0,5% xloramin 
eritmasida 30 minut mobaynida ushlab turiladi, matodan tayyorlangan 
o’yinchoqlar 0,5% xloramin eritmasi bilan artiladi. Uydagi pollar ham Shu eritma 
bilan artiladi. O’tirg’ich-gorshok, taglik - sudno, unitazlar 0,5% xloramin eritmasi 
bilan artiladi, 30 minut ushlanadi. 
Pashshalarga qarshi chora-tadbirlar uchun uydagi barcha eshik va derazalarga 
to’r o’rnatiladi. Bemor uchun ishlatiladigan grelka, termometrlar ham 0,5% 
xloramin bilan artiladi. 
Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan o’tkaziladigan chora-
tadbirlar. Bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar 7 kun davomida tibbiy nazorat 


148 
ostida bo’ladilar. Shu maqsadda poliklinikaning tibbiyot xodimlari tomonidan 
maktablarda, bog’chalarda bolalarni tibbiy nazoratga olinadi (tana harorati, najas 
tekshiriladi va yo’g’on ichak palpatsiya qilinadi). 
Kasallanish avj olgan hollarda kasallikni oldini olish maqsadida 
bakteriofaglar beriladi. Bolalarga 3 yoshgacha 1 tabletka, 3 yoshdan yuqori va 
katta yoshdagi bolalarga 2 tabletka har 3 kunda beriladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling