Epidemiologiyadan


Salmonellyozlarga oid sanitariya epidemiologik nazorat


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Salmonellyozlarga oid sanitariya epidemiologik nazorat 
Epidemiologik nazorat salmonellyozlarda ham boshqa kasalliklardagi singari 
3 ta asosiy qismdan yoki bosqichdan iborat: 
a) kasallanganlar haqidagi axborotlarni to’plash; 
b) epidemik jarayonga diagnoz qo’yish diagnosticheskaya podsistema
v) boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish - upravlencheskaya podsistema. 
a) Kasallanganlar haqidagi axborotlar quyidagilarni bajarishni taqozo qiladi. 
1. Odamlar orasida (bolalar va katta yoshdagi kishilar orasida alohida), 
hayvonlar. 
parrandalar 
orasida 
salmonellyoz 
kasalliklarini, 
salmonella 
tashuvchilikni etiologiyasiga asosan doimiy ravishda kuzatib turish, ya’ni 
kasallanish darajasini aniqlab turish lozim. 
2. Salmonellalarning atrof-muhit, oziq-ovqat mahsulotlarida, suvda va boshqa 
ob’ektlarda tarqalganligi haqidagi ma’lumotlarni to’plash. 
3. Bemorlardan, atrof muhit predmetlaridan ajratib olingan salmonellalarning 
seroturlari, fagoturlari, antigenlik va biokimyoviy xossalari, antibiotiklarga 
nisbatan chidamlilik xossalari haqida doimiy ma’lumotlarga ega bo’lish. 
4. Aholi, hayvonlar va parrandalarning salmonellyozga qarshi immunitetlik 
darajasini kuzatib turish (serokontrol). 
Yuqorida ko’rsatilgan axborotlarning uzluksiz va doimiy ravishda to’planishi 
uchun tibbiyot xodimlari bilan veterinariya xodimlarining o’zaro xamkorlikda 
ishlashlari tavsiya etiladi. 
b) Epidemik jarayonga diagnoz qo’yish uchun quyidagi ishlarni bajarish 
lozim: 


138 
1. Salmonellyoz kasalliklari uchragan epidemik o’choqlarda zpidemiologik 
tekshiruv o’tkazish. Bunda kasallikning etiologiyasiga e’tibor berish ahamiyatga 
ega. Agar kasallikni salmonella tifimurium serologik varianti chaqirgan bo’lsa, u 
holda infeksiya manbai odamlar bo’lishi, salmonellyoz antroponoz yo’l bilan 
tarqalganlik ehtimoli borligini unutmaslik kerak. Agarda kasallikni zoonoz sikldagi 
salmonellalar chaqirgan bo’lsa, u holda kasallikka sabab bo’lgan yuqtirish 
omillarini aniqlash va bu omillarning zararlanish sabablarini aniqlash lozim 
bo’ladi. Bu holda epidemik o’choqda hayvonlar, parrandalar yoki kemiruvchilar 
bor-yo’qligini aniqlab, bular haqida veterinariya xizmatidagi kishilarga axborot 
berish lozim. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling