Epidemiologiyadan


Qushxonalarda salmonellalarga qarshi kurashish chora-tadbirlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Qushxonalarda salmonellalarga qarshi kurashish chora-tadbirlari. 
Salmonellalarning odamlar va hayvonlar orasida tarqalishi ko’pincha qushxonalar, 
so’yish sexlari, go’shtni qayta ishlaydigan korxonalarning sanitariya-gigiyena 
holatiga aloqador bo’ladi. Tegishli korxonalar bakteriologik tekshirilganda 
salmonellalar turkumiga oid bakteriyalarni hayvon nimtalari va a’zolaridangina 
emas, balki ishchilarning qo’lidan, jihozlar va moslamalardan ham ajratish 
mumkin. 


136 
Go’sht va go’sht mahsulotlarining ifloslanishiga quyidagilar yordam beradi: 
- ro’yirost kasal bo’lgan yoki klinik alomatlarsiz bakteriya tashuvchi 
hayvonlarni so’yish uchun yuborish; 

so’yishdan oldingi tartibning buzilishi hayvonlar organizmida 
salmonellalarning endogen yo’l bilan tarqalib ketishiga yordam beradi; .
- nimtalarni va go’sht mahsulotlarini etarlicha sovutmaslik; 

salmonella 
tashuvchilarning 
ish jarayonida go’sht va go’sht 
mahsulotlarining sanitariya-veterinariya ekspertizasi qoidalariga rioya qilmaslik. 
Qushxonalarda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi zarur: 
1. Qabul paytida ozg’in va kasal hayvonlarni sog’lom hayvonlardan ajratish, 
ayni paytda buzoqlarga va yosh cho’chqalarga alohida e’tibor berish. 
2. Salmonellyozlar tez-tez uchrab turadigan xo’jaliklardan olib kelingan 
hayvonlarni maxsus belgilangan kunlarda so’yish va keyin dezinfeksiya qilish. 
3. Texnologik jarayonda go’sht va go’sht mahsulotlarini qaytadan 
salmonellalar bilan zararlanishiga yo’l qo’ymaslik, go’sht va go’sht mahsulotlarida 
hamda ishchi xodimlarning qo’llarida salmonellalar bor-yo’qligiga oid 
bakteriologik tekshiruvlar sonini ko’paytirish. 
4. Qushxonalarda dezinfeksiya qilinishini tekshirib borish. 
5. DSENMning veterinariya xodimlari bilan birgalikda sanitariya-gigiyena va 
veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishini va bajarilishini tekshirish. 
6. Ishga yangi qabul qilinadigan kishilarni bakteriologik tekshirishdan 
o’tkazish. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling