Epidemiologiyadan
Ich terlama va paratiflar epidemik o’chog’ida bemor bilan muloqotda
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus profilaktika.
Ich terlama va paratiflar epidemik o’chog’ida bemor bilan muloqotda
bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar. Muloqotda bo’lganlar bemor gospitalizatsiya qilinganidan boshlab ich terlamada 21 kun davomida tibbiyot xodimlari nazoratida bo’ladilar. Paratif bemorlari bilan muloqatda bo’lganlar esa 14 kun davomida tibbiy kuzatuvda bo’lishadi. Har kuni ularning tana harorati o’lchanadi, sog’ligi kuzatib turiladi. Muloqotda bo’lganlarni 1 marta najas bakteriologik va zardob sistein bilan RPGAda serologik tekshiriladi. Agar qo’zg’atuvchi najasdan bir marta ajratilib olinsa, tashuvchilik turini aniqlash uchun safro, siydik va najas qaytadan tekshiriladi. Serologik reaksiya musbat chiqsa, bir martadan najas, siydik va safro tekshiriladi. Muloqotda bo’lganlarga bakteriofag beriladi. Bakteriofag berishning birinchi qismi bemor gospitalizatsiya qilinganidan so’ng, ikkinchi qismi uyga qaytishdan oldin o’tkaziladi (3 kunda 1 marta bakteriofag qabul qili-nadi). Suv yoki oziq-ovqat orqali kasallik birdan epidemik avj olsa, muloqotda bo’lganlardan tashqari o’sha hududda yashovchi aholiga ham bakteriofag beriladi. Bakteriofag och qoringa ovqatlanishdan 2 soat oldin qabul qilinadi. 6 oydan-3 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 tabletka, 3 yoshdan kattalarga 2 tabletka beriladi. 0,5 % li sodali suv ichib yuboriladi. Bakteriofaglarni qo’llanishiga qarshi ko’rsatmalar yo’q. Ich terlama va paratif kasalliklari bo’yicha yuqori kasallik ko’rsatkichiga ega bo’lgan hududlarda mavsumiy ko’tarilishlar davrida surunkali bakteriya tashuvchilar orasida ham ularning epidemiologik jihatdan xavfini kamaytirish uchun faglashni o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Maxsus profilaktika. Rejali ravishda emlashga kasallanish bo’yicha noqulay tabaqalar jalb qilinadilar, bularga kasallanish bo’yicha noqulay ahvoldagi joylarga ko’chib kelganlar kiradi. Ular ko’chib kelishdan oldin o’z joylarida yoki ko’chib kelganlaridan so’ng yangi joylarida darhol emlanishlari lozim. Bunda albatta yangi ko’chib kelgan joydagi kasallanishning mavsumiy ko’tarilish vaqtini e’tiborga olish kerak. Profilaktik emlashga, shuningdek, qurilish ishchilari va ulariing 127 oilalari xam yangi qurilish ob’ektlariga toza suv berilishini ta’minlangunga qadar jalb qilinadilar. Agarda ma’lum bir tabaqaga tegishli aholi ich terlama va paratif kasalliklari bo’yicha kasallanish yuqori darajadagi joylarga mavsumiy ishlarga ketayotgan bo’lsalar, ularga xam profilaktik emlash o’tkaziladi. Rejali ravishda emlash kanalizatsiya tarmoqlari va aholi yashaydigan joylarda tozalash ishlarini olib boruvchi ishchilarga, yuqumli shifoxonalar tibbiyot xodimlariga, bakteriologik laboratoriya ishchilariga, shaharlararo suv transportida ishlovchi xodimlarga, umumiy ovqatlanish korxonalaridagi ishchilarga, ularning atrofida surunkali tashuvchilar bo’lgan hollarda o’tkaziladi. Sanitariya epidemiologik jihatdan uzoq muddat nosog’lom vaziyatda bo’lgan aholi punktlarida barcha aholiga emlash o’tkaziladi (epidemik xavflilik darajasi 16 balldan yuqori). Yuqori kasallanish xavfi yuzaga kelgan hollarda har qanday hududlarda epidemiologik ko’rsatmalarga binoan aholi orasida aktiv emlash ishlarini tashkil etish va o’tkazish zarur. Masalan: tabiiy ofatlar yuz berganda epidemik avj olishlar yuz berishi mumkin. Agarda ich terlamaning avj olishi yuz bergan bo’lsa, vaksinatsiya o’tkazish maqsadga muvofiq emas. Immunitetning hosil bo’lish vaqtini hisobga olgan holda emlash ishlarini mavsumiy ko’tarilishdan 3-4 hafta oldin boshlash maqsadga muvofiq. Barcha emlanganlar 063/x shaklga va 064/x shaklga hisobga olinadilar, bunda albatta emlanish vaqti, dozasi ko’rsatilishi kerak. Ich terlamaga qarshi emlash uchun hozirgi vaqtda ikki xil vaksina preparati qo’llaniladi: kimyoviy sorbitlangan ich terlama vaksinasi (katta yoshdagilarni emlash uchun) va Vi- antigen bilan boyitilgan spirtli ich terlama vaksinasi (kichik yosh dagilarni emlash uchun). Revaksinatsiya 1 yildan keyin o’tkaziladi, biroq epid.ko’rsatmalarga binoan bir necha oylardan keyin ham o’tkazilishi mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling